NAMOZ O‘QISH TARTIBI
Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir.
BOMDOD NAMOZI
Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to‘rt rakatdan iborat.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha o‘qiladi:
1. «Alloh
rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki
rakat sunnatini o‘qishni niyat qildim», deb ko‘ngildan o‘tkaziladi.
2. «Allohu
akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qo‘llar
kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining
yumshoq joyiga tekkizishadi. Ayollar qo‘llarini yelka barobarida
ko‘taradilar.
3. Qo‘llar
bog‘lanadi. Erkaklar o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l ustiga qo‘yishadi.
O‘ng qo‘lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo‘l bilagini
ushlashadi.
Ayollar o‘ng qo‘lni chap qo‘l us-tida tutib, qo‘llarini
ko‘krakka qo‘yadilar. Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan
holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar
o‘qiladi.
SANO DUOSI
Subh`anakall`ouhumma va bihamdika va tab`arokasmuka va ta`a’la jadduka va l`a il`aha g‘oyruk.
Ma’nosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir».
FOTIHA SURASI
A’`uzu
bill`ahi minash shayt`onir roj`iym. Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Al
hamdulill`ahi robbil ‘`alam`iyn. Ar-rohm`anir roh`iym. M`aliki
yavmidd`iyn. Iyy`aka na’budu va iyy`aka nasta’`iyn. Ihdinas sir`otol
mustaq`iym. Sir`otollaz`iyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘z`ubi ‘alayhim
valazz``oll`iyn.
"Fotiha” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Fotiha” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing
Mazmuni: Allohning
dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi
Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning
egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz! Bizni
shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat)
etganlarning (payg‘ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo‘lidir, g‘azabga
uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qavmining
«Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!
Fotiha surasidan so‘ng bir zam (qo‘shimcha) sura o‘qiladi.
Yangi o‘rganuvchilar quyidagi kichik suralardan birini zam qilishsa bo‘ladi:
KAVSAR SURASI
Inn`a a’toyn`akal-kavsar. Fa solli lirobbika vanhar. Inna sh`ania’ka huval abtar.
"Kavsar” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Kavsar” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing
Mazmuni: «(Ey
Muhammad,) darhaqiqat, Biz Sizga Kavsarni* berdik. Bas, Rabbingiz uchun
namoz o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik qiling! Albatta,
g‘animingizning o‘zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
(Kavsar — jannatdagi
bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va
suvdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko‘rmaydi.)
IXLOS SURASI
Qul huvall`ohu ahad. All`ohus-somad. Lam yal`id. Va lam `yuvlad va lam yakullah`u kufuvan ahad.
"Ixlos” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Ixlos” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing
Mazmuni: (Ey
Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin)
hojatbarordir. U tug‘magan va tug‘ilmagan ham. Shuningdek, Unga teng
biror zot yo‘qdir».
FALAQ SURASI
Qul
a’`uzu birobbil falaq. Min sharri m`a xolaq. Va min sharri g‘`osiqin
iz`a vaqob. Va min sharrin-naff`as`ati fil ‘uqod. Va min sharri h`asidin
iz`a hasad.
"Falaq” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"Falaq” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing
Ma’nosi: «(Ey
Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga
yaratgan narsasi yovuzligidan, tugunchaga dam uruvchi ayollar
yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan”».
AN-NOS SURASI
Qul
a’`uzu birrobin-n`asi malikin-n`asi il`ahin-n`asi min sharril vasv`asil
xonn`as. Allaz`iy yuvasvisu f`iy sud`urin-n`asi minal jinnati van-n`as.
"An-Nos” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"An-Nos” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing
Ma’nosi: «(Ey
Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga,
odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton)
yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O‘zi) jinlar
va odamlardandir”».
4. Zam
sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari
va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam
changallab egiladilar.
Ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egiladilar. Tizzalarini bir oz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar.
Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.
5. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etganlarni eshitguvchidir), deb qad ko‘tariladi, bu holat «qavma» deyiladi.
Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg‘iz Sengadir), deyiladi.
6. «Allohu
akbar» deb avvalo tizzalar, ke-yin qo‘llar, so‘ng peshona va burun
yerga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qi-linayotganda oyoq panjalari
qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari yerga tegmaydi. Ayollar
tirsaklarini yerga qo‘yadilar. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal
a’la» (Ey ulug‘ Robbim, Sen butun nuqsonlardan poksan), deyiladi.
7. «Allohu
akbar» deb sajdadan bosh ko‘tariladi va tiz cho‘kkan holda bir oz
o‘tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada qo‘llar, barmoqlar o‘z
holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng
bo‘lishi lozim.
Erkaklar
chap oyoqlari ustiga o‘tiradilar. O‘ng oyoq panjalari qiblaga
qaratiladi. Ayollar oyoqlarini o‘ng tarafdan chiqarib o‘tiradilar.
8. «Allohu
akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana
robbiyal a’la», deyiladi. Shu bilan birinchi rakat tugaydi.
9. «Allohu akbar», deb qiyomga (tikka) turiladi.
10. Qiyomda «Bismillahir rohmanir rohiym»dan boshlab, Fotiha surasi, orqasidan bir zam sura o‘qiladi.
11. «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deyiladi.
12. «Sami’allohu liman hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbana lakal hamd», deyiladi.
13. «Allohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.
14. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tariladi va bir oz o‘tiriladi.
15. «Allohu akbar», deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.
16. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tarilib qa’dada o‘tiriladi va quyidagilar o‘qiladi:
«ATTAHIYYAT» DUOSI
Attahiyy`atu
lill`ahi vas-solav`atu vattoyyib`at. Assal`amu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu
va rohmatull`ohi va barok`atuh. Assal`amu ‘alayn`a va ‘al`a
ib`adillahis-s`olih`iyn. Ashhadu all`a il`aha illall`ohu va ashhadu anna
Muhammadan ‘abduh`u va ros`uluh.
Mazmuni: Mol,
badan, til bilan ado etiladigan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey
Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo‘lsin. Sizga va solih
qullarga Allohning salomi bo‘lsin. Iqrormanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q.
Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va
elchisidirlar.
SALOVOT
All`ohumma
solli ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a sollayta ‘al`a
Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.
All`ohumma
b`arik ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a b`arokta ‘al`a
Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.
Mazmuni: Allohim,
Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning
oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.
Allohim,
Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va
ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu maqtovga
loyiq va buyuk Zotsan.
DUO
Robban`a `atin`a fid-duny`a hasanatav-va fil `axiroti hasanatav-va qin`a az`aban-n`ar.
Mazmuni: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin».
17. Avval o‘ng, keyin chap yelkaga qarab: «Assalamu alaykum va rohmatulloh» deb salom berilib namozdan chiqiladi.
Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi.
Bomdod
namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o‘qiladi. Farqi —
avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham)
quyidagi iqomat takbirini aytishadi:
Allohu akbar, Allohu akbar,
Allohu akbar, Allohu akbar.
Ashhadu alla ilaha illalloh,
Ashhadu alla ilaha illalloh.
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh,
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh.
Hayya ‘alas-solah, hayya’alas-solah,
Hayya ‘alal-falah, hayya’alal-falah.
Qod qomatis-solah, qod qomatis-solah
Allohu akbar, Allohu akbar,
La ilaha illalloh.
Iqomat takbirining lafzlari azonnikiga o‘xshaydi, farqi — bunisi tez aytiladi.
Bomdod
namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi: «Alloh rizoligi uchun
bomdod namozining ikki rakat farzini o‘z vaqtida o‘qishni niyat qildim».
Qolgan qismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.
PESHIN NAMOZI
Peshin namozi to‘rt rakat sunnat, to‘rt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat.
To‘rt rakat sunnat quyidagicha o‘qiladi:
1. Niyat qilinadi.
2. Iftitoh takbiri aytiladi.
3. Sano duosi o‘qiladi.
4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib «Attahiyyat» o‘qiladi.
11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. «Allohu akbar» deb to‘rtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura.
15. Ruku.
16. Sajda.
17. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari o‘qiladi.
18. Salom berib namozdan chiqiladi.
Peshin
namozining farzi ham ayni shu tartibda o‘qiladi. Faqatgina niyat
qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining to‘rt rakat
farzini o‘qishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda
uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura
qo‘shilmaydi.
Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o‘qiladi.
ASR NAMOZI
Asr
namozi to‘rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi
farzining o‘qilishi bir xil. Niyatda «Asr namozining to‘rt rakat
farzini...» deyilsa bo‘ldi.
SHOM NAMOZI
Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o‘qilishi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Turib, Fotiha, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat».
11. Turib, faqat Fotiha.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
15. Salom.
Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o‘qiladi.
XUFTON NAMOZI
Xufton namozi to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Xufton
namozining to‘rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o‘qilib,
faqat niyatda farq bo‘ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida
o‘rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi
bir xil tartibda o‘qiladi.
VITR NAMOZI
Vitr
namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq,
sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida
o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin
o‘qiladi.
Quyidagi tartibda ado etiladi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat» duosi.
11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.
12. Zam suradan keyin o‘sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.
13. Qo‘l qovushtirilib, Qunut duosi o‘qiladi.
QUNUT DUOSI
All`ohumma
inn`a nasta’`inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakalu
‘alayka va nusn`iy ‘alaykal xoyr. Kullah`u nashkuruka va l`a nakfuruk.
Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.
All`ohumma iyy`aka na’budu va
laka nusoll`iy va nasjudu va ilayka nas’`a va nahfidu narj`u
rohmatak(a). Va naxsh`a ‘az`abaka inna ‘az`abaka bil kuff`ari mulhiq.
Ma’nosi: Allohim!
Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni so‘raymiz.
Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga
tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir.
Bizlarga berganing shuncha ne’matlar tufayli Senga shukrona aytamiz va
nonko‘rlik qilmaymiz. Senga qarshi nonko‘rlik qilgan gunohkorlardan
ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz.
Allohim!
Biz yolg‘iz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina o‘qiymiz.
Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu’-kamtarlik
bilan ado etamiz. Rahmating ko‘p bo‘lishini so‘raymiz, azobing-dan
qo‘rqamiz. Hech shubha yo‘qki, Sening azobing kofirlargadir.
14. Ruku.
15 Sajda.
16. O‘tirib «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
18. Salom.