Biskvit uchun:
- 7 tuhum
- 7 osh qoshiq shakar
- 7 osh qoshiq un
Krem:
- 600 ml. qaymoq
- 1 1/3 stakan shakar yoki 1 quti quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko)
1. Tuhum sovuqligida oqi bn sarig'ini ajratib olamiz
2. Tuhum oqini mikser bilan yuqori tezlikda ko'pirtiramiz
4. Ko'pitgan tuhum oqiga, 1 osh qoshiqdan (mikser bilan chayayotgan holda) shakarni qo'shib boramiz.
5. Toki shakar yaxshi erib, massada mikser izlari qolguncha.
6. Massaga, agratib qo'ygan tuhum sarig'ini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.
7. Navbat unga. Unni ham, bir qoshiqdan solib, asta asta aralashtiramiz.
8. Tort qolipiga solib, 180 C
(350F) qizgan duhovkada 35-40 minut davomida, yoki o'rtasiga gugurt
cho'p, yoki pichoq tiqib ko'rilganda quruq chiqqunicha.
9. Tort pishguncha krem
tayyorlaymiz. Qaymoqli krem yaxshi chiqishi uchun, krem tayyorlaydigan
idish va mikser venchiklarini muzlatgichda 30 minutcha muzlating.
10. Qaymoqqa shakarni solib, oldin past tezlikda, keyin yuqori tezlikda mekser yordamida chayamiz.
11. Krem tayyor!
Extiyot bo`ling!
Mana shunday holatga kelguncha aralashtiramiz. Bundan o'tsa, qaymoqning
suvi bo'lak, yog'i bo'lak ajrab chiqadi.
Agar shakar o`rniga quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko) ishlatmoqchi
bo'sangiz, oldin qaymoqni shu xolatgacha chayib, keyin molokoni qo`shib
yana 15-30 sekundcha chayasiz
12. Tort sovigach, qancha ko'tarilgan bo`lsa shuncha o'tiradi. Hayron bo'lmang.
13. Tortni bir chetiga tayyor kremdan bunaqa qilib chiziq tortamiz
(bo'laklarga bo'lganimizdan keyin yana o'z joyiga qo'yish uchun)
14. Tortimizni kamida 5 bo'lakka bo'lamiz. Har bo'lakiga krem suramiz.
PROPITKA qilish KERAK emas.
15. Ust va yoniniyam yaxshilab
krem bilan qoplab, holodil'nikda 30 minutcha qo`yamiz.
keyin hohlagancha
bezatamiz yoki maza qilib choy ichamiz :)
Man tortni Molochnya mastika yordamida spiderman ko`rinishida bezatdim.
Kesilganda ko`rinishi.
Ochiq ishtaha.