2.Hayotdagi eng go'zal fazilat qanoatdir. Risoladagi xotin o'zini bu fazilat bilan ziynatlamog'i darkor.Turli hoyu havas deb,zeb-ziynat talab qilib,erni qiyin ahvolga solish yaxshi emas.
3.Erga ixlos bilan xizmat qilish ham ayollarning yuksak odoblaridan biridir.
Ulug' imomlardan biri Ja'fari Sodiq: "Bitta soliha ayol o'z eriga 7 kun xizmat qilsa, Alloh uning qarshisidagi do'zaxning 7 eshigini yopadi va jannatning 8 eshigini ochadi", degan edilar.
4.Xotin oilada chiroyli amallarga odatlanmog'i lozim.Qur'on o'qish,axborotlardan xabardor bo'lish,haqiqatni himoya qilish shu jumladandir.
5.Uyning saramjon-sarishta bo'lishi ham asosan xotin kishiga bog'liq.Uyning ziynati naqsh-nigorda emas,balki sarishtalik,totuvlik va mehr-muhabbatda ekanligini hech qachon unutmaslik kerak.
6.Xotin kishi o'z erini gunoh ishlardan qaytarmog'i,savobli ishlarga undagani ma'qul.
Payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v): "Mo'min banda Allohga bo'lgan iymondan so'ng erishgan eng yaxshi narsa soliha xotindir,unga qarasa xursand qiladi va Allohning amrini bajarishda yordam beradi ", degan edilar.
7.U o'z eriga har damda yaqin kishi,dardkash,maslahatchi bo'ladi. Uni sabrli bo'lishga,tushkun kayfiyatda bo'lgan kunlarida ko'nglini cho'ktirmay doimo oldinga intilishga undaydi.
8.Ayol o'z erining yaqin yordamchisi,ishonchli kishisi bo'lib,hamma narsalarni tartibga solib turadi.
9.Ayol er huzurida shirinsuxan,xushmuomala bo'lish bilan birga toza,chiroyli kiyingan,ziynatlangan holda yurishi kerak.Chunki bu narsa er qalbiga xursandchilik,ruhiga sokinlik kiritadi,qalbiga quvonch bag'ishlaydi.
10.Risoladagi xotin erining oldida ham,ortidan ham obro'yini,molini,sharafini muhofaza qiladi.
Ummu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Payg'ambar s.a.v: "Qay bir xotin o'lsa-yu,eri undan rozi bo'lsa,u jannatga kiradi", dedilar.Termiziy va al-Hakim rivoyat qilishgan.