Masalliqlar:
-110 gr(~9 osh-q) saryog'
-100gr (0.5 st shakar (xona haroratida)
-1 ta tuxum + 1 ta tuxum sarig'i
-2 st un (1 st=200 ml)
-0.5 choy-q tuz
-2 choy-q baking powder
-4-5 osh-q murabbo (qulupnay/olma yoki boshqa turi)
-2 osh-q shakar(tart stiga sepish uchun, xohishga ko'ra)
-24 smli tart qolipi(tag qismi ajraladigan qolip bo'lsa yaxshiroq)
Tayyorlash:
-Erib turgan saryog' bilan shakarni venchikda aralashtiramiz.
-Alohida idishda venchikda yoyib olingan tuxum va tuxumni 2-3 qismga bo'lib saryog'li aralashmaga solib aralashtiramiz.
-Boshqa idishda un+tuz+baking powderni aralashtirib olib, yuqoridagi massaga solamiz va yog'och qoshiq yoki spatulada pichoqda kesganday harakatlar bilan aralashtiramiz. Keyinroq qo'lda aralashtirishga o'tamiz.
-Xamirning 1/3 qismini olib, stol ustida truba shakliga keltiramiz. Bu xamirni va qolgan xamirni alohida sellofanga o'rab sovutgichga 20 minutdan ortiq vaqtga qoyamiz.
-Sovutgichdan kattaroq xamirni boib, oz-ozdan qo'limizda oqolipga joylaymiz. Chetlarini tekislaymiz. Xamir o'rtasini Vilkada urib chiqamiz. Murabboni xamir ustiga solib, qoshiqda yoyamiz.
-Truba shaklidagi xamirni olib, parrak qilib kesib olamiz. Parraklarni murabbo ustiga terib chiqamiz. Xohishga ko'ra shakar sepsa ham bo'ladi. 190C oldindan qizdirilgan duxovka20-23 minutga, pirogning chetlai qizarguncha pishiramiz. Pishib chiqqach juda qaynoq bo'ladi, murabbo qismi ayniqsa. Qolipdaligicha sovutib, keyin dasturxonga tortamiz.
Recept thewedenesdaychef.com dan olindi.