Masalliqlar:
Xamiriga:
- 150 gram saryog' (yoki margarin)
- 3,5-4 stakan un
- 6 tuhumning sarig'i
- 0,75 stakan smetana (yoki qatiq)
- 0,5 choy qoshiq soda
Bize:
- 6 tuhumning oqi
- 1,5 stakan shakar
- 200 gr. yong'oq maydasi.
Krem:
- 180 gramm saryog'
- 1 quti quyultirilgan sut (sgushennoe moloko)
tayyorlanishi:
yog' bilan un yaxshilab uqalanadi
boshka idishda tuhumning sarig'i+smetana(yoki qatiq)+chaynaya sodani aralashtiramiz
Tuhumlik aralashmani unlik qorishmaga qo'shib xamir qoramiz.
Oldin xamir sal yopishqoq bo'ladi, mushlayverasiz silliqqina
yopishmaydigan yumshok xamir xosil bo'ladi
Ajratib olib qo'yganimiz tuhumning oqini bir chimdim tuz bilan yaxshilab
ko'pirtiramiz va sekin sekin shakarni qo'shamiz, tayyor bizega yong'oq
maydasini qo'shamiz
Xamirni 4 bo'lakka bo'lamiz va har bir zuvalachani listimiz razmerida yoyamiz
har bir yoyilgan zuvala ustiga yong'oqli bizemizni 3/4 qismini(har zuvalaga 1qismi)
surib chiqamiz
va 325F (150C) da 30-35 minutcha yoki qizarib pishguncha pishirib olamiz
Navbat kremga: hona haroratida erib turgan saryog' bilan
quyultirilgan sut yaxshilab krem holiga kelguncha aralashtiriladi.
sovugan korjdan birini olib ustiga kremning 1/4 qismini surib ustiga 2
korjni qo'yib unga
ham krem surib, 3chi korjni qo`yib yana takrorlaymiz
3ta korjga krem surgandan keyin 4 korjni qo'yib ustiga selofan yoki
fol'ga yopib,
og'irroq taxtacha bilan ustidan yaxshilab (g'ajirdatib)
bosasiz (tekislash maqsadida)
Fol'gani olib ustiga kremni kolganini surasiz. Bezak uchun shokoladlik
glazur' bilan bezasangiz bo'ladi yoki yong'ok sepsangiz ham bo'ladi.
1-2 soat muzlatgichda qo`ying!
Yoqimli ishtaha!!!