Bozor-o'char, savdo qildim, kimga? Bolam uchun,
Barin muhayyo-paydo qildim, kimga? Bolam uchun,
Dabdabali to'ylar qildim, kimga? Bolam uchun,
Hashamatli uylar qurdim, kimga? Bolam uchun.
Lekin, nima qildim meni tuqqan Onam uchun?
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun?
Kimga dasturxon yozdim - Bolam uchun...
Ba'zida semirdim, ozdim - Bolam uchun,
Aqldan ham ozayozdim - Bolam uchun,
Ehhh, kimga yalinmadim - Bolam uchun,
Lekin, hech narsa ilinmadim Onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun.
Aylandim, o'rgildim, ado bo'ldim - Bolam uchun,
Sog'liq degandan ham judo bo'ldim - Bolam uchun,
Bola shoh, men go'yo gado bo'ldim - Bolam uchun,
"Danagidan mag'zi shirin" ota-ona uchun,
Lekin nima qildim o'zim bola bo'lib Onam uchun?
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun?
o'zi emay, ichmay, menga ilingan ham Onam edi,
Yupun yursa ham, meni kiyintirgan Otam edi,
"omon bo'lsang bo'ldi, Bolam" derdi..
Ayting men ham odammanmi endi?
Nima qildim bir mushtipar Onam uchun?
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun?