Haftalik
doirasida o`tkaziladigan halqona yo`nalishdagi kollektsiyalar namoyishi
har yili nafaqat yurtimiz , xorijlik moda ishqibozlarini ham o`ziga rom etadi. Mashhur Estrada yulduzlari hamda fol`klor ansambllari chiqishlari esa namoyish fayziga fayz qo`shadi . Festival` milliy qadriyatlarimizni , xususan , tikuvchilik, kashtachilik, charm hamda
mo`ynaga ishlov berish va boshqa hunarmandchilik sohalaridagi qadimiy an`analarni saqlashga xizmat qilmoqda, sulolalar bardavomligini ta`minlamoqda . Shu bilan birga , festival` yosh dizaynerlarning ona yurt tarixiga bo`lgan qiziqishini oshirmoqda . Zotan, aynan ular milliy modani rivojlantirish va boyitishga mas`ul.