Masalliqlar:
-1stakan shakar
-2ta tuxum
-250gr margarin
-3stakan un
-3osh-q asal
-2choy-q soda
Tayyorlash:
Tuxum+asal+ shakarni yaxshilab aralashtiramiz.
So’ng aralashmaga margarinni solib, idishni qaynab turgan suvli idishga solamiz.Idishimiz chuqurroq bo’lishi lozim, aralashmaga tashqaridagi suv tushib ketmasligi uchun.(margarinni to’g’rab solinsa tezroq eriydi)
Margarin erigandan so’ng idishni suvdan olib, masalliqqa 1stakandan un solib yaxshilab aralashtiramiz.
Tayyor bo’lgan hamirimizning 1/5(beshtdan bir)qismini olib, pastnisga yoyamiz.
Qizib turgan duxovkada 200Cda 7-8daqiqa pishirib olamiz. Uni duxovkadan olishimiz bn tekis joyga qo’yamiz va chetini tekis qilib kesib olamiz, aks holda pishirma tez qotish hususiyatiga ega bo’lib, qotganda kesilsa sinib ketishi mumkin.
Biz pishirmani kesguncha patnisimiz biroz soviydi, shunda keyingi hamirni patnisga yoyish osonlashadi. Hamma hamirni pishirib bo’lganimizdan so’ng, pishirma qavatlari orasiga zavarnoy krem http://pazanda.ucoz.com/news/2009-05-06-21 (yoki qaymoq+shakar ko’pirtmasi)ni solib chiqamiz.
Avvalroq pishirma chetini kesgan bo’laklarni jamlab, ustidan o’qlovni yurgazamiz, natijada bo’laklar uvalanadi.
Uvalangan ushoqlarni medovikning eng yuqori va chetki qismlariga sepib chiqamiz.