Kiyimlardagi ranglarning ahamiyati
Pushti rang-nazokat
va nafislik belgisidir.Pushti rangning boshqa ranglar bilan
qo’shilishida qandaydir o’zgacha ranglar ham kelib chiqishi mumkin va
ahamiyat bergan bergan bo’lsangiz,bu kabi ranglarning ba’zilarida
qandaydir sirlilik bor.Ba’zi pushti ranglar ko’zga yarq etib
tashlanadi.Bu rang qanchalik chiroyli bo’lmasin,uni qomati kelishgan
ayollar kiyishi mqsadga muvofiq.CHunki aynan pushti rangning o’zi ayol
qomatini oz bo’lsa-da to’laroq qilib ko’rsatadi.Ruhshunoslarning
ta’qidlashicha,kiyim javonida ko’proq pushti rangdagi kiyimlarning
bo’lishi,bu ayolning barcha muammolardan qochib,bolalikka qaytishni
istashidan darak beradi.
Oq,kulrang va ko’k ranglar-ko’pchilik
ucun oq rang tozalik va beg’uborlik rangi sifatida qabul qilinadi Lekin
oq rangdagi kiyimlar ko’proq yosh ayollarga to’g’ri keladi.30-40
yoshdan oshgan ayollar uchun oq rang qo’shib tikilgan yoki kiyimning bir
qismi (kofta,bluzka,yoqa,sharf va x.k)ana shu rangdan bo’lsa,kishini
toshartirishi bilan birga ularga qandaydir ulug’vorlik ham beradi.
Negadir o’zini har qanday vaziyatda tuta
biluvchi ayollar uchun kul rang juda yarashadi.Bu ularning
qattiqqulliklari yoki ishbilarmon atolliklaridan darak beradi.
Agar ayol jiddiy va ishbilarmon bo’lib
ko’rinmoqchi bo’lsalar,ular ko’k rangdagi kiyimlarni kiyishlari
mumkin.Bu rangdagi ko’ylak kiygan ayol bilan atrofdagilar orasida
qandaydir masofa bordek tyuladi.
Qizil rang-bir
tomondan quvvat,intilish bilan bog’liq bo’lsa ikkinchi tomondan o’zidan
itarish va asabga tegish bilan bog’liq bo’lishi mumkin.SHuning uchun
qizil rang atrofdagilarga ikki hil ta’sir etishi mumkin.O’ziga
ishonadigan va g’ayratli ko’rinmoqchi bo’lgan ayollar bemalol qizil
rangdagi kiyimlarni kiyishlari mumkin.YAna shuni ham aytib o’tish
kerakki,bu rangdagi kiyimlarni kiygan ayollar doimo erkaklarning
nazarida bo’lishadi.SHuning uchun bu rangdagi kiyimlarni kiyishdan oldin
erkaklarning e’tibori sizga kerakmi yoki yo’qmi o’ylab ko’rganingiz
ma’qul.
Havo rang-qattiqqo’llik,ba’zi
hollarda esa sovuqlikni beradi.Och havo rang yoki to’qroq havo rang
bug’doyrang ayollarga juda yarashadi.Umuman olganda,havo rangning barcha
turlarini yoqtiradigan ayollar nozikta’biatligi va kiborliligidan darak
beradi.SHu bilan birga bunday ayollar juda ta’sirchan hisoblanadi.
Yashil rang-tozalik
va uyg’unlikdan darak beradi.SHuning uchun bu rangning istalgan turini
har qanday sharoitda kiyish mumkin.U ham qizil rangga o’hshab kishi
diqqatini o’ziga tortadi,lekin qizil rangdek atrofdagilardan o’zini
itarmaydi.YAshil rangning ba’zi turlari insonga turlicha ta’sir
qiladi.Masalan,sariq rang yashildan hosil bo’lgan ranglar kishini
hayajonlantirsa,ko’k va yashildan hosil bo’lgan aksincha tichlantiradi.
Jigar rang-harakatlarini
o’ylab,tarozga solib ko’radigan,oqila,hayotiy tajribaga ega
bo’lgan,35-40da oshgan ayollarga juda yarashadi.SHu bilan birga bu rang
atrofdagilar uchun ko’rimsiz rang sifatida baholanishi mumkin.Lekin
hizmat yuzasidan bo’lib o’tadgan uchrashuvlarga bu rangning barcha
turlari mos tushadi.
Siyoh rang-intelektual
darajalarining yuqoridagi hamda intim munosabatlardagi faolliklari
bilan ajralib turadilar. Bu ikkilamchilik tasodifiy emas, chunki siyoh
rang-qizil va ko’k ranglarning yug’unlashuvidan kelib chiqgan. Qizil
rang-odamni o’ziga tortsa, ko’k rang- orada masofa borligini bildiradi.
Agar siz o’zingiz haqingizda kimdadir sirli taasurot qoldirmoqchi
bo’lsangiz, bemalol siyoh rangdagi kiyimlarni kiyishingiz mumkin.
Albatda bunda qandaydir boshqa rangdagi aksessuarlar hamda buyumlardan
foydalanishingiz kerak. Chunki faqat siyoh rangning darrov ko’zga
tashlanishi bachkanaroq ko’rinadi. Bundan tashqari shuni ham aytib
o’tish kerakki, bu rangdagi sviter va bluskalar ayolni katta yoshli
ko’rsatishi mumkin.
Olov rang-o’ziga
hos fe’l-atvorga ega bo’lgan, doimo yutuqlarga erishadigan ayollarning
rangi hisoblanadi. Bu rangdagi kiyimlarni ham huddi qizil rangga o’hshab
g’ayratli, shu bilan birga quvnoq va kelajakka ishonch bilan qaraydigan
ayollar kiyishadi.
Sariq rang-o’z
fikriga ega bo’lgan,ko’zga tashlanib turadigan narsalarni yahshi
ko’radigan, faqat oldinga intiluvchanlikdan darak beradi.sariq rang oq
rang bilan q’shilganda yanada chiroyli ko’rinadi.