To'htab qolgan daryo oqar baribir, Qaytgusidir sherlar ham bir kun izga. Insofi bor dunyo tinmay hayqirar: "Kerak emas islomsiz hayot bizga!"
Bilaman, dunyo deb siz hech tolmaysiz, Yugursa gar, orqasidan qolmaysiz. Ehtimol siz pulsiz yashay olmaysiz, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
Bu yo'l go'zal, garchi bordir og'iri, Lazzat bo'lib singgar qalbga taxiri... Asli chirkin,xorlik bo'lgan oxiri, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
Bu dunyoda boshqa ne bor muhtaram, Yana nima uchun mumkin chekmoq g'am. Yeb, semirmoq ishin eplar to'ng'iz ham, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
Saltanatlar,toju tahtlar, haroblar, Ming-ming orzu, umidlar ham saroblar Ayting,ohir qanday bo'lar javoblar, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
Bizning qo'lda Qur'on, hadis tursa bas, O'g'il, qizlar faqat shuni ko'rsa bas, Tushimizga sahobalar kirsa bas, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
Dunyo uchun nechun telba sadoqat, Arzimaydi unga sarflash muhabbat, Rosti, tubi botqoqlikdan iborat, Kerak emas islimsiz hayot bizga.
Mana, oling, dunyo sizga, qapishing, Tushda ham siz dunyo ila topishing. Siz foniyga zarpechakdek yopishing, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
|