Kel, ko‘nglim, sidq ila yolbor Allohga, Yaratgandan hech yashirin ish bo‘lmas. Rizq bir muqaddardir shohu gadoga, Qalam birdir, bunda yozgan besh bo‘lmas.
Bir nechalar yo‘rtar kecha yotmayin, Birov yotar o‘ydan jafo tortmayin, Taqdiri azaldan hargiz ortmayin, Kezgan ortiq bo‘lib, yotgan bo‘sh bo‘lmas.
Bir bo‘z yigit yolg‘on dunyoga kelsa, Qiliq, qilich, nonu dasturxon bo‘lsa, Foniy yurtda obro‘y ham iymon bo‘lsa, Yetmish, sakson, yuzdan ortiq yosh bo‘lmas.
Kimlardir davlatmand, kimlardir g‘arib, Kimlar-chi, xayr etib, zakotin berib, Kimlari umrinda non deya horib, Kimlardadir yostiq, to‘shak, osh bo‘lmas.
Maxtumquli, bu kuningga shukr ayla, Allohning qudratin ko‘rib, fikr ayla, Rizq uchun g‘am yema, Haqni zikr ayla, Azalda yozilgan sendan tash bo‘lmas. |