Karnıyarık so’zini o’zbekchaga tarjima qilganda qorniyoriq degan
qiziq so’z hosil bo’ladi. Bunday nomlanishiga sabab baqlajonlar pishib
chiqqandan keyin qorni yorilib ichiga qiyma solinadi. Odatda 2 hil
usulda pishiriladi: qozonda yoki duhovkada, menga ko’proq duhovkada
pishgani yoqqani uchun bu usul bilan tayyorlangan retseptni
yozmoqchiman.
Kerakli masalliqlar:
(4 kishi uchun)
- 4 ta baqlajon
- 1 ta yirik piyoz
- 250 gr qiyma
- 1 stakan yog’ (kungaboqar yog’i) (baqlajonlarni qovurish uchun)
- 2-3 qoshiq zaytun yog’i yoki kungaboqar yog’i (qiyma qovurish uchun)
- 3 ta pomidor
- 2 ta uzun perez
- Yarim bog’ petrushka
- 1 qoshiq tomat
- 1 choy qoshiq tuz
- Yarim choy qoshiq yanchilgan qora murch.
Tayyorlanishi:
1. Baqlajonlarni uzunasiga zebra shaklda po’chog’ini artib olamiz.
Baqlajonlarning tahir ta’mi yo’qolishi uchun 1 qoshiq tuz solingan suvga
solib yarim soat kutamiz.Baqlajonlarni suvdan chiqarib qog’oz sochiq
bilan qurutib olamiz.
2. Chuqurroq tova olib 1 stakan yog’ni qizdiramiz. Qurutilgan
baqlajonlarni asta sekin yoqqa solamiz. O’rta olovda har tomonini
o’girib usti qizarguncha qovurib olamiz. Qog’oz sochiq solingan alohida
idishga baqlajonlarni terib chiqamiz, shunda qog’oz sochiq ortiqcha
yog’larni shimib oladi. Baqlajonlarni qog’ozdan ajratib duhovka podnosi
yoki yuqori darajaga chidamli idishga terib chiqamiz.
3. Alohida bir tovada 2 qoshiq yog’ni qizdirib mayda tog’ralgan
piyozni qovuramiz, qizarishi shart emas, ketidan qiyma, mayda tog’ralgan
perez, yarim qoshiq tomat solib qiyma suvi chiqquncha qovuramiz. 2 ta
pomidor po’chog’ini artib, mayda kubik shaklda to’g’raymiz yoki
qirg’ichdan chiqaramiz. Pomidorlarni po’chog’ini onson artish uchun,
ustidan qaynagan suv solib yarim minutda chiqaramiz, shunda po’chog’i
onson shilinadi.
Tayyor pomidorni qiymaga qo’shib qovuramiz.Pomidor suvi sal
qurigandan keyin qiymaga tuz, murch, mayda tog’ralgan petrushka qo’shib
yahshilab aralashtirib tovani gazdan olamiz va sovushini kutamiz. Bu
orada duhovkamiz isib turishi uchun yoqib qo’yamiz.
4. Baqlajonlarni po’chog’i artilgan joyidan qoshiq bilan yoramiz.
Baqlajonlarni tagi teshilib qolmasligiga e’tibor bering. Sovugan qiymani
olib qoshiq yordamida qorni yorilgan baqlajonlarni qiyma bilan
to’ldirib chiqamiz. Baqlajonlarni ustini bezatish uchun 1 ta pomidorni
doira yoki ikkiga bo’lib parrak qilib kesamiz. Uzun perezlarni ichini
tozalab ikkiga bo’lib uzunasiga kesib chiqamiz. Tayyor parraklar bilan
baqlajonlarni bezatamiz.
5. 1 stakan qaynagan suvga yarim qoshiq tomat solib yahshilab
aralashtiramiz. Bu aralashmani baqlajonlarni tagiga to’kamiz. Pishish
jarayonida, ham baqlajon yahshilab pishishi uchun, ham tagi kuyib
ketmasligi uchun.
6. Duhovkani 160-180 darajaga keltirib, o’rta qismida baqlajonlarni
20 minut davomida yoki baqlajonlarni ustidagi pomidorlar qizarguncha
pishirib olamiz.
Bu taom dimlangan guruch bilan issiq holda tortiladi.
Yoqimli ishtaha.