Qalbim azobi unsiz bir nido.
Isyonga bosh bo'lur bog'zimda sado,
Xatto yolg'iz emas mendek gado.
Meni yolg'izlikka xor qilgan jonim,
Mag'rur yuragimni tor qilgan jonim.
-------------------------------------------
Toshlar yog'ar bo'ldi seldek boshimga.
Bir bor kelolmading izlab qoshimga,
Xasrat sherik bo'ldi ko'zda yoshimga.
Meni ximoyasiz xor qilgan jonim,
Mexr muxabbatga zor qilgan jonim.
-----------------------------------------------
Bugun qalqib chiqdi ko'zdagi yoshim.
Xatto uchar bo'ldi boshdagi xushim,
Qani barchasi bo'lsa endi tushim.
Meni armonlarga xor qilgan jonim.
Yoqdan azablarni ko'r qilgan jonim.
-----------------------------------------------
Ko'ngil dardlarimga chora izladim.
Seni "jonim" deya quvnoq so'zladim
Bugun alamimdan yonib bo'zladim.
Mening alamlarim tog' qilgan jonim.
Bugun o'z ko'nglini chog' qilgan jonim.
-------------------------------------------------
Meni gox sevging qadri qiynaydi.
O'zgani jon desam qalbim ko'n,aydi,
Sendan o'zga insonni dardim bilmaydi.
Meni yolg'izlikka xor qilgan jonim,
Bir bor "jonim" deyoshga or qilgan jonim.
---------------------------------------------------
Omon bo''ling qiyomatgacha,
Yuragimni yoqmoqda vido.
Unutsangiz agar siz meni
Meni sizga eslatar XUDO...!
----------------------------------
Sizsiz o’tgan kunim to’la iztirob,
Sizla yashamoq ham azobdir biroq.
Zor-zor kutganimcha bo’lsam da hunob,
Kelmasligingizni hohladim ko’proq.