Dunyoning taniqli gongkonglik aktyori Jeki Chan (Jackie Chan) o'zining navbatdagi hayratomuz kar'erasi bilan barchani lol qoldirmoqda. "Mening orzuim Osiyo hamda Olimpiada o'yinlarida o'z "ekspo"larimni namoyish qilish. O'laymanki buni albatta amalga oshiraman va buni judayam hohlayman", deb intervyu bergan 56 yoshli Jeki Chan "Trud-7" gazetasiga. Biz Jeki Channi faqat va faqat kinolarda ko'rib o'rganib qolganmiz.
Lekin Jeki bundan keyin xonandalik kasbini davom ettirmoqchi. Bunga sabab esa u Shimoliy Koreyada uyushtirilgan tadbirlarning birida, havasaki ashula kuylab ko'rgan. Jekining xonishi ko'pchilikka judayam ma'qul kelib, shu kungacha internet sahifalari orqali 500 milliondan ortiq muxlislari tomonidan ushbu tarona yuklab olingan. Jeki Chan faoliyati davomida 100dan ortiq kinolarda rol ijro etgan. Shundan eng tomoshaboplari: "Tangrining qurol-yarog'i" (1987), "Tig'iz payt" (1998), "Yonma-yon o'g'ri" (2010)