Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 18 » Jajji pinetka TO'QISHNI O'RGANAMIZ
12:32
Jajji pinetka TO'QISHNI O'RGANAMIZ
Muslima.uz Spitsaga 30 ta petlya terib chiqamiz va ro'mol chok (yani ikkala tomonidan ham o'ng (+) ) qilib to'qishni boshlaymiz. Boshlang'ish qismini qatorma qator qilib tushuntirib ketsak maqsadga muvofiq deb bilaman. Yani petlya terib olingandan keyingi qatorni yani 1 chi qatorni oddiy o' ng qilib to'qiymiz.
Muslima.uz Ikkinchi qatordan esa birinchi petlyani ilvolib bitta petlyaga ko'paytiramiz va ohiriga yetguncha to'qib boramiz. Huddi shu ikkinchi qator tugashidan 1 ta petlya oldin yana bitta petlyaga ko'paytiramiz.
Muslima.uz Shu bilan 2 chi qatorimizda 2 ta homaki pelya, yani boshida 1 ta va ohirida 1 ta qo'shilgan bo'lishi kerak.
Muslima.uz Ko'paytirganimizdan keyingi ko'rinish quyidagicha bo'ladi.
Muslima.uz Endi pinetkamizni ikkinchi bosqichiga keldik desak ham bo'ladi. Petlyalar sonini teng 3 ga bo'lib olamiz. 16 ta 8 ta va yana 16 ta. Birinchi 16 talikni o'ng qilib to'qiymiz. 8 ta petlyani esa 6 tasini to'qib, 7-8 chi petlyalarni bir qilib to'qib olamiz va keyingi 16 talikka o'tmay orqa tarafga aylantiramiz.
Muslima.uz
Muslima.uz Orqa tarafdan esa o'sha 2 tasini 1 qilib olgan petlyamizni to'qimay ilib olamiz va undan keyin 5 ta teskari (-) petlya to'qib ( yani 1 ta boshida ilib olgan petlyamiz bilan jami 6 ta petlya bo'ladi) yana 7-8 chi petlyalarni bitta qilib to'qiymiz. Shunday qilib o'rtadagi 7 ta petlyani to'qib ikki chettagi petlyalar sonini to 11 ta bo'guncha kamaytirib to'qiymiz.
Muslima.uz Ikki tarafda ham 11 ta petlyadan qolgandan keyin ohirgacha to'qib olib boramiz.
Muslima.uz Lenta uchun teshikchalar yasash quyidagicha bo'ladi: 2 ta petlyani bir qilib to'qib, rasmdagidek bitta homaki petlya ilib olamiz. Shunday qilib 1 ta qatorni ohirigacha 2 ta petlyani bir qilib bitta homaki olamiz. Petlyalar soni o'zgarmaslik kerak. Keyingi qatordan esa bitta o'ng va bitta teskari ( yani 1 ga bir rezinka) qilib to'qishni davom ettiramiz. Jami rezinkamiz 22 qator bo'lishi kerak.
Muslima.uz Mana pinetkamizning asosiy qismi tayyor bo'lib qolay dedi. Berkitishni quyidagi rasmlar orqali o'rganishingiz mumkin. Yani 2 ta petlyani bir qilib to'qib yana birinchi spitsaga qayta o'tkazamiz. Shu yo'sinda pinetkamizni yopib chiqamiz.
Muslima.uz
Muslima.uz
Muslima.uz Pinetkamiz tayyor! Endi buni ulab bezatishga harakat qilamiz. Bezatish ishlarini kyuchok orqali bajaramiz. Bezatiladigan joylar aniqroq ko'rinishi uchun oq rangli ipdan foydalanildi.
Muslima.uz
Muslima.uz
Muslima.uz
Muslima.uz
Muslima.uz Mana jajji pinetkamiz ham tayyor bo'ldi, inshaAlloh jajji muslim, muslimalarimizni qishda oyoqlarini issiq tutishda hizmat qiladi degan umiddamiz.
Muslima.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 3554 | Добавил: shirina | Рейтинг: 2.8/9
Всего комментариев: 6
0  
6 Angeloza   (20.01.2011 17:39) [Izoh]
zor chiqgan xaqiqatdan xam zor va osson juda

0  
5 Angeloza   (20.01.2011 17:39) [Izoh]
men buni toqiganman

0  
4 ziza   (20.01.2011 05:55) [Izoh]
zurku raxmat

0  
3 Milasha   (18.01.2011 21:33) [Izoh]
VOY RAHMAT JUDA FOYDALI ISHGA QO'L URIBSIZ SHIRINA OMAD smile

0  
2 zeboshka   (18.01.2011 18:28) [Izoh]
vay raxmat rosa to'qishni o'rganmoqchidim raxmat shunaqa darsladan qo'yipturiyla iltimos

0  
1 shirina   (18.01.2011 12:33) [Izoh]
FOYDASI TEGADI DEGAN UMITDAMAN happy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]