Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 28 » Imperator ayol”: KORYOLIKLARNING LYAO IMPERIYASIGA TAYYORLAGAN “SOVG’A”SI
00:59
Imperator ayol”: KORYOLIKLARNING LYAO IMPERIYASIGA TAYYORLAGAN “SOVG’A”SI

Qo’mondon Gan Jo va uning yordamchisi sarkarda De Dosular kishanlangan holda Lyao imperatori Shengjongning oldiga olib kelinadi. Qo’mondon Gan Jo Lyao imperiyasiga xizmat qilishga rozi ekanligini bildiradi. Imperator Shengjong uning so’zlariga unchalik ishonmay turganda Koryoning sobiq sarkardasi Xaynun qo’mondon Gan Joning yolg’on gapirmayotganligini aytib, u faqat qirolicha Sundeokka sodiq xizmat qilganini so’zlab beradi. Gan Jo ham o’z navbatida Koryoning yangi imperatoriga xizmat qilishni xohlamasligini aytgach, imperator Shengjong undan tiz cho’kib ont ichishni so’raydi. Kishanlangan holda tiz cho’ka olmagan Gan Jo va sarkarda De Dosularning qo’l-oyoqlaridagi kishan Lyao sarkardalarining qarshiliklariga qaramay, imperator Shengjongning buyrug’iga ko’ra olib tashlanadi. Shu zahoti lyaolik sarkardalardan birining qilichini sug’urib olgan De Dosu qurolni Gan Joga uloqtiradi. Gan Jo esa taxtda o’tirgan Shengjongni o’ldirish uchun unga tashlanadi. Biroq so’nggi lahzada imperator tansoqchilari koryoliklarni to’xtatishga muvaffaq bo’ladilar. De Dosu o’sha yerning o’zida qatl etiladi. Gan Joni esa imperator o’ldirmaslikka qaror qiladi.

Imperator Shengjong Gan Joga yana bir imkoniyat beradi. Taklifga ko’ra, Ganjo lyaolik yuz askarga qarshi kurashishi kerak edi. Gan Jo bu taklifni qabul qiladi va yakka o’zi yuz nafar lyao askarini yengishga muvaffaq bo’ladi. Biroq jang nihoyasida imperatorning g’ururini himoya qilishni lozim deb hisoblagan Lyao sarkardalaridan besh nafari Gan Joga hujum qilishib, uni mag’lub etishadi.Imperator Shengjong Koryo imperatori Xvangjuni tutib keltirish uchun ikkita sarkardasini jo’natadi. Biroq Koryo imperatorini ta’qib qilayotgan lyaolik askarlar qirolicha Sundeok va uning qo’l ostidagi jangchilar tomonidan qirib yuboriladi.Koryo armiyasining Yang Kyu va qo’mondon Gan Jolar rahbarlik qilgan ikki guruhi omon qolgan edi. Ular pistirmada turib Lyao armiyasining ozuqa zaxirasini olib ketayotgan karvonga hujum uyushtirishadi. Shunday qilib 200 ming harbiy uchun mo’ljallangan zaxira yo’q qilinadi. Bundan tashqari, koryoliklar 15 mingdan ortiq xitanlarni qirib yuborishga muvaffaq bo’ladilar.Kutilmagan bu "sovg’a”dan qattiq g’azablangan Shengjong Koryo imperatorini tutib keltirib, uning qarshisida tiz cho’ktirishini sarkardalaridan talab qiladi. Agar Koryo imperatori ushlanmasa, urush xitanlar foydasiga hal bo’lmasligini tushungan Shengjong shimol tomon yura boshlaydi. Koryo sarkardasi Yang Kyuning ayg’oqchilari esa ular tomon Lyao imperatori yetakchiligidagi qo’shin yaqinlashayotganidan xabar beradi. Yang Kyu askarlariga bu takrorlanmas imkoniyat ekanligini uqtirib, kechasi xitanlar dam olayotgan paytlarida koryoliklar ularning qarorgohiga hujum uyushtiradilar. Dushman askarlarining sarosimaga tushib qolganidan foydalangan koryoliklar hujumga zo’r beradilar. Lyao imperatori Xvangju esa jang maydonidan olib ketiladi. Koryoliklar uni ta’qib qilishni boshlaydilar... 

"Imperator ayol” seriali ham nihoyasiga yetay deb qoldi. Biz tahririyat xodimlari bilan maslahatlashib, so’nggi qismda bo’ladigan voqealarni yoritmaslikka qaror qildik. Chunki so’nggi qismda voqealar rivoji shunchalar shiddatli, o’zgaruvchan va tarixiy faktlarga boyki, yaxshisi, buni tomoshabinning o’zi ko’rgani ma’qul. Sizlarning e’tiboringizga serialning suratga olinish jarayonida bo’lib o’tgan "kadr ortida”gi qiziqarli voqealar havola etiladi.

•        Jang sahnalarining ishonarli chiqishi uchun Che Si-ra (qirolicha Sundeok) yakkakurash va ot minish kurslariga qatnagan. Ot minishni o’rganayotgan Che ehtiyotkor bo’lishiga qaramay yiqilib tushadi va o’zining ta’kidlashicha, hayotida ilk bor hushidan ketadi. O’shanda Che Si-raning sog’ayib ketishi uchun sakkiz hafta vaqt ketgan edi. Bu vaqtda esa suratga olish ishlari to’xtatib qo’yilgan.

•        Sarkardalar sovutining og’irligi eng kamida 10 kilogramm.

•        Serial 2009 yilda KBS telekanalining 6ta mukofotini qo’lga kiritgan.

•        Koreyada namoyish etilgan serial 24,3 foiz tomoshabin yig’a olgan. Bu ancha yaxshi natija hisoblanadi. Yana tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, serialning dastlabki ikki qismini asosan yoshi qirqdan oshgan ayol va erkaklar tomosha qilishgan.

•        "Imperator ayol” - bosh qahramoni ayol bo’lgan ilk koreys seriali.

Категория: HAR XIL | Просмотров: 1460 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 ShaBnaM_Uz   (28.11.2010 23:18) [Izoh]
smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]