Ikki solih bir – biri bilan suhbat qilib o`tirgan ekan, biri ikkinchisiga savol beribdi: – Men ko`p narsaga tushunmayman, shekilli. Agar Alloh hech narsaga muhtoj bo`lmasa, nega uni maqtashimiz, ko`klarga ko`tarishimiz kerak bo`ladi? Nima biz undan qarzmizmi?
Ikkinchi solih aytibdi: – Biz Yaratgandan har daqiqa qarzmiz va doimiy qarzdormiz. Shunda taajubdan pasaygan solih nafasini rostlab gerdayib: – Ha, qarzdormiz, lekin har daqiqa emas.
Ikkinchi solih unga yaqinlashib qo`llari bilan birinchi solihning burun – og`zini bekitibdi. Nafasi siqilgan solih kuch bilan itarib, debdi: – Sen nima qilayapsan, axir o`ldirib qo`iasanku! Shunda ikkinchi solih jiddiylik bilan debdi: – Seni Hudoning nafas qarzidan qutqarmoqchi edim.