Amerikada
Silicon Trip turi bo’yicha yaratilgan sayohatda Google kompaniyasining
bosh ofisi — Google v Mountain view — «Kremniy vodiysining yuragi» ga
taklif etaman va bu erdagi 15 ta ajoyib faktlarni ko’rsatib
o’taman.Umuman olganda, Google da e’tiborsiz qolish qiyin. Chunki bu
yerda hamma narsa hodimning o’zini komfort his etishi va o’zining
qobiliyatining to’liq amalga oshirishi uchun sharoit yaratilgan. Bu
erda Google kompaniyasi «Orzu kompaniyasi» ga aylanishi va har doim shu
tariqa qolishi uchun harakat qilingan. Demak, Google kompaniyasining
15-ta ajoyib faktlari…
№1
Google ofisida qanaqadir ish rejasi
ko’zda tutilmagan. Har bir kishi o’zining ishini hohlagan payt
boshlashi va hohlagan payt tugatishi mumkin, talabiga binoan. Asosiysi
— ko’zda tutilgan ish reja asosida tugatilishi zarur.
№2
Xodimlar
bo’limiga yuborilgan 10 ta rezyumeni xammasi diqqatlik bilan
o’rganiladi. Xar 10 ta rezyumedan 1 tasiga telefon qilinadi. har 10 ta
qilingan telefon qo’ng'irog'idan 1 tasi suhbatga chaqiriladi. har 10 ta
suhbatdoshdan 1 tasi ishga qabul qilinadi. Mana shunday. Shunday qilib,
Google ga ishga kirish tanlov asosida qoladi va bu tanlov 1:1000
to’g'ri keladi.
№3
Google ga ishga kirish juda qiyin. Lekin
undanda qiyini, ishdan ketish. Kaliforniya shtati mehnat qonuni shunday
qilinganki, ishdan ketish bu katta muammo. Ishdan moment «uchib ketish»
— faqatgina 1 holatda, ya’ni korxona ma’lumotlarini fosh etishda sodir
bo’ladi. Agar hodim o’zining vazifalarini uddalay olmasa, yoki
ishlamasa, unda boshliq, bu hodim bilan suhbat o’tkazadi va yordam
beradi. Agar bir oydan so’ng holat o’zgarmasa, uni «itarish» uchun
yordamchi ajratiladi. Agar bu ham qo’l kelmasa, unda yana suhbatlar,
ogohlantirishlar va jarimalar boshlanadi. Shundan so’ngina, 6 oydan
keyin, ishdan ozod etishadi. Biroq, bu hodisa kamdam kam holatda
bo’ladi. Chunki ishga qabul qilish bir necha etablar asosida olib
boriladi (AQLLI DANGASALAR bu erda ham kerakmas). Ikkinchidan, bu erda
yaratilgan sharoitning o’zi ishlashga asos bo’ladi.
№4
Google da
bosh DIN — bu «GARAJ RUXI» dir. Bu dinning asoschilari — Larri va
Sergey. Bu dinning muqaddas artefaktlari ham bor. Korpuslarning birida,
kiraverishdagi fayeda, Peydj va Brin Google ning 1 versiyasini ishga
tushirgan «Garajdagi Server» qo’yilgan. Yoshlarning boshlang'ich
ruxlari ham saqlangan. har bir hodimga o’zining g'oyasi uchun 20%
vaqtni ajratishga ruxsat berilgan. hatto uning g'oyasi 100% fantastik
bo’lsa ham.
№5
Google-shaharchasining territoriyasida 20 ga yaqin
oshxonalar mavjud. Bularning bari hodimlar uchun tekin. (Ux...)
Oshxonalar ham turlicha: Italyan, Meksika, Arab, Antigo’shxo’rlar
(vegetarian), fastfud va boshqalar. Ko’pgina hodimlar kuniga 3 mahal
ofisda ovqatlanishadi.
№6
San-Franstisko va Palo-Alto shaharida
yashovchi hodimlarga «ShATL»-avtobuslari qatnab turadi. Ular hodimlarni
uydan ishga va ishdan uyga tashiydilar. ha, aytgancha, hodim uyda yoki
ofisda ishlash tanloviga ham ega.
№7
Google-shaharchasida hodimlarning farzandlari uchun ham bog'chalar mavjud.
№8
Google
da itlar bilan ishlash ham mumkin. Mushuklar bilan esa mumkin emas. :)
Menimcha, ish jarayonida ularni urushlari halaqit bermasligi uchun…
№9
Google ning ofisi joylashgan ko’chani ham, Google street deb atashadi.
№10
Google
da ishlovchilarning ko’pchiliga rus millatiga tegishli. Bularning
o’ziga xos tarixlari mavjud. Kimdir shu erda rus oilasida tug'ilgan.
Kimdir mutaxasis bo’lib ishga kelgan. Bu hodimlar bir birlari bilan
doim muloqotda. Darvoqe, aytishlaricha, Google ning rus versiyasi
XITOYda tuzilgan ekan… :)
№11
Google da o’zining atamalari
mavjud. Google ning hodimlari o’zlarini Google People deb atashadi.
Yangi hodimlarni esa — Nooglers. Yana boshqa atamalar ham bor, faqat
bizning dinimizga tarjimasi to’g'ri kelmaydi.
№12
Google
hodimlari uchun Elton Djon kabi san’atkorlar tez tez konstert berib
turishadi. (Bizlar ham ko’paysak, Ozodbek akani chaqirib qolarmiz)
№13
Google fen-shou do’konlarida Kremliy vodiysining eng chiroyli suvenir aksesuarlari sotiladi.
№14
Har
juma Google da odatiy o’tirishlar bo’lib o’tadi. Bu o’tirishda har bir
hodim o’zining boshdan o’tkazgan holatlarini boshqalar bilan baham
ko’radi.
№15
Shuncha sharoitlarga qaramasdan, Google o’z
hodimlarindan 100 foiz ishga berilishni va eng yaxshi rezultatlarni
talab qiladi. Bir dasturchining aytishicha, agar u tomonidan yozilgan
dasturiy KOD ixchamlash mumkin bo’lsa, boshliq bu kodni qayta ko’rilsin
deya imzo qo’yadi. U bilan qanday qilib qisqartirish kerakligi haqida
bahslashmaydi. Chunki u ham (boshliq) o’z sohasining profisi…