Masalliqlar(4kishi uchun):
-200gr funchoza kraxmali(og’zaki tilda pentuza)
-100gr go’sht
-1dona piyoz
-1dona sabzi
-1dona bodring
-1bo’lak sarimsoq
-ta’bga ko’ra tuz
-0.5 cho’mich o’simlik yog’i
Tayyorlash:
Qaynab turgan tuzli suvga funchoza kraxmalini solib, 5sekundcha qaynatib,
olovni o’chirib, qapqog’ini yopamiz va 15-20daqiqaga qoldiramiz.
(pishganda kraxmalni oz qismini ushlasangiz tezda bo’linadi)
Kraxmal pishgach, u solib qaynatilgan idishga 2litrga yaqin
sovuq suv quyamiz va biroz aralashtirib, suvini sizib olamiz.
Biror osti teshik idishga kraxmalni solib, 15daqiqaga suvi butunlay
oqib ketishi uchun olib qo’yamiz.
Piyozni mayday to’g’rab,1daqiqacha past olovda qizigan yoqqa solib
1daqiqacha qovurib, ketidan mayday to’g’ralgan go’sht(yoki farsh)ni solib
,ziravor va tuzni solamiz,oqargach ustini yopib dimlab pishiramiz.
sabzidan markovcha salatini tayyorlaymiz.
bodringni uzunasiga 4ta qismga bo’lib,mayda to’r’aymiz.
hamma masalliqni bir idishga solamiz(go’shtli qovurma issiq bo’lsin)
Masalliqni yaxshilab aralashtiramiz
Salatimiz yog’I kam bo’lsa biroz yog’ qo’shsak ham bo’ladi.
O’zingizning ta’bingizga qarab kraxmalni ko’proq yoki kamroq solishingiz
mumkin(Man kraxmal yaxshi ko’rganim uchun ko’p soldim)