O’z fotosuratlaringizni tomosha qilganingizda ular sizga omadsiz va notabiiy chiqqanday tuyuladimi? Bir nechta tavsiyalarga amal qilsangiz, fotosuratlarda chiroyli chiqish san`atini egallab olasiz, buning uchun fotobop bo’lib tug’ilish shart emas.
Quyosh nuri hamma vaqt ham sizga qulay tomondan tushavermaydi, u suratga tushayotgan odamni ko’zini qisishga va yumishga majbur etadi. Bunday holatga tushib qolmaslik uchun quyosh bulutlar orasiga yashiringanda yoki biroz yon tomondan nur sochayotgan paytda ko’chada suratga tushish kerak. Fotosuratlar uchun eng yaxshi payt – bu erta tong va kechqurun. Bu paytda yorug’lik har tarafga tarqalgan bo’ladi va yuz chiziqlarini keskin qilib qo’ymaydi. Suratda yaxshi chiqish uchun chiroyli tashqi qiyofaning o’zi Yetarli bo’lmaydi. Buning uchun yorqin shaxs bo’lish hamda tasvirga olish paytida hissiyotlarni namoyish etishdan qo’rqmaslik kerak.
Fotosurat uchun makiyaj odatdagidan biroz yorqin ranglarda bo’lishi lozim. Och sadafrang tonlar ko’zlarni charaqlatishga, ustki chetiga urg’u berilgan qoshlar esa ko’zlarni "shahlo” qilishga yordam berib, nuqsonlarni, ya`ni ko’zlarning pastga qarab tushgan burchaklarini yashirishga ko’maklashadi. CHehra kishini o’ziga tortishi uchun yonog’ingizga, qansharga va iyagingizga keng cho’tka bilan bronza rangli rumyanani suring. Keng burunni to’qroq tenlar yordamida vizual nozikroq qilish mumkin. Tenni burun solinchaklariga ehtiyotlik bilan suring. Biroq bunda biz ko’rsatgan usullar faqat fotosuratlar uchun yaxshiligini, ularni kundalik hayotda qo’llab bo’lmasligini esingizda tuting. Kiyim ranglariga ham alohida e`tibor zarur. Ba`zi ranglar teringizni g’alati qilib ko’rsatishi va fotosuratda yaxshi chiqmasligi mumkin. Och-zangori ranglar suratda oq bo’lib ko’rinadi. Sariq va yashil ranglar bilan ham ehtiyot bo’ling – ular chehrangizni kasal qilib ko’rsatib, unga shu`la beradi. Qizil va zarg’aldoq ranglar suratda siluetdan tashqariga chiqib ketishi mumkin. Shu bois suratda siz biroz to’laroq ko’rinasiz. Qomatdagi nuqsonlar haqida ham unutmaslik zarur. Ularni libos, makiyaj va turish pozasi yordamida yashirish mumkin. Yuzingizni chiroyli qilib ko’rsatadigan pozani olish uchun boshingizni ¾ ga burish, bo’yningizni biroz cho’zish va boshingizni pastga egishning o’zi Yetarli bo’ladi. Ko’pgina odamlar suratda o’z yoshlaridan ancha katta bo’lib ko’rinishadi, chunki ular yuzlarida g’alati ifoda va soxta tabassum bilan qotib qolishadi. Chuqur nafas oling, uni chiqarib tashlang hamda qo’llar va Yelkalarni bo’shashtirgan holda tabiiy pozani egallang. Nafasingizni to’xtatmang, aks holda suratda xuddi bo’g’ilib qolgan odamday bo’lib chiqasiz. O’zingizni qanchalik xotirjam va qulay his etsangiz, suratda shunchalik yaxshi chiqasiz. Notabiiy tabassumdan qochish uchun suratga olish paytida yaxshi narsalar haqida o’ylang. Kishi suratga olishlarini kutib, uzoq vaqt jilmayganida uning yuz mushaklari g’alati ifoda bilan qotib qoladi. Aynan shuning uchun ham suratga olingan paytdagina jilmaying.