Bolalarda yolg'on gapirish odatiy holatdek tuyuladi. Ba'zan kattalarimiz ham "Bola-da!" deb uning yolg'onini oqlagandek bo'lishadi. Bolalarning yolg'on so'zlashi qanchalar xavfli? Bunga qarshi qanday chora ko'ramiz? Aslida bolalar 5- 6 yoshidan oldin ko’pincha "rost” va "rost bo’lmagan” narsalarni aralashtirib, hayollarini huddi haqiqatday tushuntiradilar. Ammo ba’zi bolalar bu davr o’tib ketganda ham yolg’on so’zlashda davom etaveradilar. Asl e’tibor berilsihi kerak bo’lgan yolg’on ham ayni shu davrdagi yolg’ondir. Bolalarning yolg’on gapirishlariga nimalar sabab bo’ladi? O’rnak odamlarning yolg’on gapirishlari:
Bola yolg’on gapirishni avvalambor atrofidan o’rganadi. Ayniqsa bola ko’pincha taqlid qiladigan odamlari(ota-onalar, yaqin qarindoshlar, do’stlar va hkz)ning yolg’on gapirishlari bolaga katta ta’sir qiladi. Masalan, telefonda gaplashib turgan oyisining ‘kasalman’ deb bahona qilishini eshitgan bola, ba’zan yolg’on gapirish mumkinligini o’rganadi.
Bolaning o’ziga bo’lgan ishonchning pastligi:
Yolg’on gapirish aslida kuchsizlikning va o’ziga ishonmaslikning natijasi hamdir. Bola o’z qilgan ishlariga javobgar bo’la olmasdan yolg’on gapirishi, do’stlari tarafidan tan olinishi uchun yolg’on gapirishi, e’tibor qaratish uchun yolg’on gapirishi kabilard yolg’on gapirish bilan o’ziga ishonch pastligining orasida aloqa mavjudligini ko’rsatadi.
Qattiq qo’l ota-onalar:
Haddan ortiq qattiq qo’l yoki doim tanbeh beriladigan oilalarda bola yolg’onni bir yechim deb biladi. Ya’ni ota-onalar, farzandlarining qilgan eng kichkina hatolariga ham sabr qilolmay, ularni doim jazolaydilar. Bu xolatda bola jazodan qochish uchun ham yolg’on gapirishi mumkin.
Boladan haddan ortiq narsa kutish:
Ba’zi oilalar o’z farzandlaridan ko’p yutuqlar kutadilar. Bolaning imtihon yoki yozma ishlarida past baho olishiga "hayot- mamot” masalasi deb qaraydigan ota-onalarni tasavvur qiling. Imtihondan past baho olgan o’quvchi bunday ota-onalarga bahosini qanday tushuntirishi mumkin?
Nimalar qilish mumkin?
• Avvalambor, bolaga o’rnak bo’layotgan ota-onalar farzandlari oldida mutlaqo yolg’on gapirmasliklari kerak; • Bolaga, qanday holat bo’lishidan qat’iy nazar, shirin so’z bilan rost gapirish kerak ekanligi tushuntirilishi kerak; • Bolaga qattiq tanbeh berilib yolg’on gapirish darajasiga olib borilmasligi kerak. Uning qilgan hatosini chiroyli bir uslubda tuzatishga harakat qilish kerak; • Bola va yoshlardan qilolmaydigan narsalarini talab qilish kerak emas; • O’ziga ishonchi yo’qligi tufayli yolg’on gapirayotgan bolalarda eng yaxshi yechim o’zlariga ishonchni paydo qilishga harakat qilishdir
rahmat yana bolaning tarbiyasi togrisida yozinglar mani ikki bolam bor kottam egloqi bolib qolgan 4 yashar sal gapni ham ko'tarolmidi yeglab yuboralla shunga nima maslahat berasla\
O’ziga ishonchi yo’qligi tufayli yolg’on gapirayotgan bolalarda eng yaxshi yechim o’zlariga ishonchni paydo qilishga harakat qilishdir shu gaplarga mutloqo qo'shilaman