Nixoyat anchadan beri xabar berayotgan "Farzandim" filmi suratga olish ishlari yakunlandi. Xozirda montaj ishlari ketmoqda.
Rejisser; Elyor Xoshimov "SHB” videostudiyasi maxsuloti (Keragimsan filmi ijodiy jamoasi)
Rollarda: Adiz Rajabov, Dilnoza Kubayeva, Saida Rametova, Ubaydullo Omon,Oybarchin Bakirova.
Akterlar jamoasi kuchli tanlanganidan, shuningdek filmni suratga olish ishlarini kuzatib, kuchli film bo'lishini taxmin qila olamiz.
Avvalo Dilnoza va Adiz ilk xamkorligidagi natitja xamma uchun qiziq. Keyin, filmning mazmuni kutilmagan va juda qiziq.
Adiz Rajabov boshqa rollariga qaraganda bu filmda yaxshigina qiynalishga, murakkab rol, murakkab partner Kubayeva bilan ko'pgina stress xolatlariga tushishga to'g'ri keldi. Xech qaysi filmda Adiz bunchalik ko'p yig'lamagan bo'lsa kerak.
Rollar murakkab va stress xolatlariga sababchi saxnalar bo'lganligi bilan suratga olish maydonchasida bu xolatni sezish qiyin edi. Negaki suratga olish ishlaridan tashqari quvnoq muxit xukumron edi.
Ayniqsa Adiz va Dilnozani kuzatayotganlar uchun mish-mish va gap-so'zlarga sababchi ko'p xolatlar ko'ringandek bo'ldi.
Ularni kuzatish men uchun xam juda qiziq bo'ldi.
Adiz suratga olish ishlaridan tashqarida Dilnozani senlab murojaat qilishi sergak torttirdi.
Balki romantik va extirosli saxnalar bo'lganidanmi?
Balki shunchaki xamkorlikdagi ishda juda xam yaqin do'st bo'lib qolgandir kim bilsinq Xar xolda eru-xotinni rolini ijro qilishmoqda.
Filmning Dilnoza o'z eri bo'lgan Adizni uylantirishga majbur bo'lishi sabablari qiziq.
Bu lavxalari bilan uyg'unlashadigan va xozirda sir tutilayotgan ancha tanish bo'lgan mashxur tarona ko'zlaringizga yosh keltirishi aniq.
Uning yechimi xam qanchalar ayanchli bo'lmasin, shunchalar qiziq.
Kundosh obrazidagi Dilnoza Adizni uylantirib roxat toparmikan yo....
Film premerasi fevral oyi boshlariga mo'ljallanmoqda.
Ungacha esa ilk xamkorlikdagi ish natijasi qiziq.
Xo'sh, Dilnoza va Adiz nima deyisharkin?
Kuzatib boring