Ko’p insonlar g’aflatda uhlamoqdadir hamon Ey banda tering ichiga tiqilmasidan somon Hosil qilgin qalbingda Allohga bo’lgan iymon
Qiyomat hali yo’qdir lekin barcha qahramon Qanday tez o’tmoqdadir e’tibor ber bu zamon Yoshlik o’tdi u paytlar nima desang ham tamom Qaytarolmas endi hatto na boylik na pushaymon
Dunyo ham o’tib ketar o’tdi necha ming inson Boylikka rujo’ qo’yma bo’lma ketida sarson Olib ketmadi hech kim bilasan hatto bir don Tiriksan senda bordir jannatga kirish imkon
Televizor har kun 3 soat ko’rsa yapon Bekorga ketar ekan 10 yillik umri ishon Sening ham bo’sh vaqtlaring bo’lib ketmasin hazon Ikkala hayotingni go’zal qilgin farovon
Lekin do’stim bu ishlar bilgin emasdur oson Unga harakat lozim kerak bo’lsa tikish jon Harakatsiz maqsadga yetgan qaysi bir inson Maqsadga intilmasak bo’ladi u bir armon
Agar qolish istasang ikki dunyoda omon Nafsingni sen o’ylama u juda ham yomon Kurashgin nafsing bilan Ishlatgin diniy kamon Ihlos bilan kuchaytir Allohga bo’lgan iymon