Do`stlik o`zi o`xshar sevgiga, Do`stlik uchun ayrilmoq malol, Do`stlik so`zin yeting qadriga, Sevgidan ham qimmat ehtimol!!! Do'stim mening yuragimdasan Xey har nafasim ichra sen borsan Seni unutsam bu yorug' dunyo Men uchun yolg'on sen jonimdasan. Do'stlik shunday oliy qudratki Sog' odamni aylar devona Kimdir do'stlashar ochiq oshkora Yana kimdir do'stlashar pinxona Do'stlik shunday ajoyib dilkash Seni butkul asir etadi Gar qalbinga quloq solmasang Bir kun kelib tashlab ketadi Ey do'stim!!! Sen, sen onang o'lganidan keyin yozding dasturhon. Dasturhon atrofida Seni onangga tiriklik chog'ida salom bermagan kazo-kazo mehmon. Sen tilovat qilmading Sen uchun domla-mullalar o'qidilar Qur'on. Dasturhonda hamma narsa namoyon Qazi-qarta, patir, shirmoy non. Magiz, bodom-u, pista... Eh nomard do'stim Sen o'g'il bo'lib qiloldingmu Onajoningni mehmon Tirikligida chog'ida loaqal bir martta Tirikligida qilmadinku shod O'tib ketgandan keyin yeg'lama Eshitmaydi... Ko'zlarimam faryod Ranging sarg'aytirib bo'lma misli has Tiriklik chog'ida yo'qlab hol so'rsang shuni o'zi bas! Tiriklarni ko'nglini shod qilmoqlik O'tganlarni ruhini shod etmoqlik Biz o'g'il qizlarga Ham qarz, ham farz... Yangi do'st topganingda, eskisini unutma, Sinalmagan kishining etagidan ko'p tutma. Kimdir sening qalbing-la, o'ynashsayu hor qilsa, Unday do'stni unut, ko'p kutmagin ko'p kutma, Yangi do'st topganingda, eskisini unutma! Mevali daraxtga otadilar tosh, Yomonning dastidan egar yaxshi bosh, Zaharni do’st yutar, nodon yeydi osh. Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st. Kimlardir alamga tashlaydi o’zin, Olmang o’zingizga nobakor so’zin Barchangizga bersin iloyo to’zim Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st! |