Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol, Siz o'zi dunyoga nega keldingiz. Choyhonadan chiqing sizga bir savol, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin, Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin, Yodingizda turdi kun bo'yi qorin, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Har hil rejalardan olib iqtibos, Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos, Ertani gapirmay turing iltimos, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa, Amriga shamoldek uchib yelmasa, Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Jujuqlar tashvishi aylabon tobe, Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole, Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Namoz chala-chulpa, duolar mubham, Tilda oayt, qalbda foydali dirham, Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz, Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz, Xo'rozqand olishni unutmadingiz, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Ajabo sayrga chiqqaningizda, Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am, Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Ikkinchi uyingiz nomidir bozor, Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol, Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy, Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy, She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy, Din uchun shu bugun nima qildingiz? |