Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Mart » 26 » DILSO`Z XURSAND. SARDOR RAHIMHON ESA...
20:22
DILSO`Z XURSAND. SARDOR RAHIMHON ESA...

Sardor Rahimhonning shaxsiy hayoti ko`ndalang bo`ldiyu "NEW STAR” media a`zolarining ham yuziga kulgu yugurmay qolgandi. Axir ular ne-ne orzu niyatlar bilan bu kompaniyaga a`zo bo`lishgandi-da! Lekin ularning USTOZi bergan va`dasining ustidan chiqadiganlardan ekanligini ko`rsatib qo`ymoqda. Avvaliga "Shunaqayam bo`ladimi qizbola?” klipida "Bayon” guruhi a`zosini aks ettirgan Sardor endi navbat Dilso`zga yetib kelganini bildirdi. Suratda ko`rib turganingizdek Dilso`z xursand! Axir falooon pulga klip suratga olinadiyu xursand bo`lmaydimi? Keling, shu qissani boshidan aytib beramiz...

Xullas, Sardor "uyg`onib” yana nimalardir qilish kerakligini esga oldi va tezda yangi qo`shiq yozdi. Keyin unga klip suratga oldi. So`ngra bunday o`ylab qarasa prodyuserlik markazidagi bolalar ham unga termulib turishibdi. Darhol ularning ko`z yoshlarini artib, Ruslan Sharipovning "Hammamiz birga” qo`shig`ini aytgancha ularga ham ko`mak berishga shoshildi. Axir ular "Sardor Rahimhonnig ertasi” hisoblanishadi!

Shunday qilib Sardor yo`l yuribdi, yo`l yursa ham mo`l yuribdi. Nihoyat u shou o`rmonda dong`i ketgan "muhrlovchi” Yodgor Nosirovning koshonasiga yetibdi. Yodgor ham bahorning qishsifat kunlarida koshonasidan ham chiqishga eriniiib yotgan edi. Alalxusus Rahimhon uning tinchini bo`zishga jazm etdi. "Xo`sh, qaylardan kelding sen, so`yla nelar dersan sen?”, deya savol so`radi usta "muxrlovchi” ko`zlarini arang ochib.

"Bilsang bizda bir gul bor. Senda esa mahorat. Shu gulimiz so`lmasdan uni tarixga muxrlamoq darkor”, gapning indallosiga ko`chdi Sardor. "To`gri o`ylabsen” dedi, muxrlovchi. "Kelajak avlodlar bizning xofizlarimiz qanday bo`lganini o`z ko`zlari bilan ko`rishsin”, deya ta`kidladi u. "Shuning uchun ham usta, seni yoningga keldim. Bilasan, boshqa muxrlovchilar ko`ngildagidek tasvir qilolmaydilar. Qolaversa sen bilan bir oz oldi berdimiz bor...

Shunday qilib "qor qalovi topildi” va muxrlovchi ishga kirishdi. Sardor esa "Oh pulim, oh pulim og`riydi dilim, jonim og`riyverar sizni o`ylasam” nomli qo`shiqni kuylagancha bir necha kun ezilib yurdi. So`ngra, "kelajak”dan umiq qilib barchasiga ko`z yumdi.

Nima bo`lsa bo`ladi, Dilso`zxonga kuladi. Qissadan hissa shulki, Dilso`zning "Jonim ozori” qo`shig`iga klip suratga olidi. Hademay uni telekanallarda tinglab, tomosha qilasiz. Shundan so`ng Dilso`zning nega bunday quvonganini ham bilib olarsiz. Hozircha qissa tamom!

Категория: News/Новости | Просмотров: 1379 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 1
0  
1 axikbiz   (28.03.2011 16:32) [Izoh]
calom kez yahxemo

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]