Masalliqlar(15-20ta uchun):
-150gr margarin
-4stakan un
-1.5stakan qatiq
-4ta tuxum sarig’i
-1choy-q ichimlik sodasi+0.5choy-q uksus
Bize uchun:
-4ta tuxum oqi
-1stakan shakar
-0.5stakan yong’oq
-0.5stakan mayiz
Tayyorlash:
Uy haroratida erigan margarinni un bilan uqalaymiz. Uksusga aralashtirilgan sodali aralashmani qatiqqa solib aralashtiramiz. Tuxum sarig’i,qatiqni unga solib o’rtacha hamir qoramiz.(suyuq bo’lsa un solamiz, hamir qattiq bo’lsa qatiq solamiz).
Hamirni 6 bo’lakka bo’lib, 0.5soatga sovutgichga qo’yamiz.
Tuxumdan bize qilib,yani tuxumni oqini yaxshilab ko’pirtirib, so’ng shakarni oz-ozdan solib aralashtirib, so’ng maydalangan mayiz va yong’oqni solib aralashtiramiz.
Hamirni juda yuqa qilib yoyamiz.
So’ng bizeli aralashmamizni hamir yuzasiga yoyib surib chiqamiz.
Hamirni rulet qilib o’rab, pichoqda 3-4sm qalinlikda kesib chiqamiz.
Patnisga gul shaklida terib chiqib, duxovkada 180Cda avval pasida 20daqiqa qizartirib,so’ng yuqori qismida 10daqiqa pishirib olamiz.
Alloh yaxshiliklarga sababchi qilsin!