1. 1 stakan (merjimek) chechevitsa 2. 1 litr suv 3. 2 stakan inje bulgur (bug’doyni mahsus maydalangani, Turk marketlarida albatta bo’ladi) 4. 2 dona o’rta kattalikda piyoz 5. 0.5 stakan salat yoki zaytun yog’i 6. 1.5 qoshiq qizil bolgarskiy tomati 7. 1,5 choy qoshig’i murch 8. Xohlaganingiz qadar garmdori (men 1 choy qoshig’i soldim) 9. 2 qoshiq issiq suv 10. 1.5 qoshiq pomidor tomati 11. Yarim bog’ petrushka 12. 5-6 dona yashil piyoz 13. 2 choy qoshig’i tuz 14. Salat yaproqlari
Tayyorlanishi:
1. 1 stakan qizil merjimekni yuvib 1 litr suv bilan birga qozonda qaynating. Qozonning qopqog’ini yopmang, darrov toshadi. Merjimekler ezilib, ozgina suvi qolguncha qaynating. (Butun suvini tortib olsa ko’ftelar quruq bo’ladi)
2. 2 stakan inje bulgurni chuqur va keng idishga soling. Ustiga ozgina suvli pishgan merjimekni solib aralashtiring. İdishni ustini yaxshilab yopib, mejimeklar shishguncha (30-45 daqiqa) kuting.
3. Merjimekler tayyor bo’lguncha 2 dona piyozni yarim stakan yog’da qovuring. Piyozlar o’lgandan keyin ustiga tomatlarni soling. Murch, garmdorini ham aralashtiring. Ohirida 2 qoshiq qaynagan suvni tovaga solib 1-2 daqiqa qaynating.
4. Bu qorishmani ham merjimekni ustiga soling. Butun masalliqlarni aralashtirib, idishning ustini yana yoping.
5. Yashil piyozni yuvib mayda to’g’rang. Yarim bog’ petrushkani ham maydalab tog’rang.
6. Chuqur idishimizdagi qorishmaga 2 choy qoshig’i tuzni aralashtirib 10 daqiqa davomida yaxshilab qoring. To’g’ragan piyoz va petrushkani ham qorishmaga aralashtiring va yana 2 daqiqa qoring. Tayyor bo’lgan qorishmadan yong’oq kattaligida bo’laklar olib kotletga o’hshatib shakl bering.
7. Servis tarelkangizni ostiga salat yaproqlarini solib, ustiga kotletlarni tizing.