...Dunyo bog'-rog' dedik aslida qafas, Nahot charchamaslar bu jag'lar javrab... Ayollar fitnaga bo'lsalar sabab, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
Zino-yu, fahshga yetaklar holat, El ichra deyilsa bu oddiy odat, Turli seriladan olinsa ibrat, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
Oila deganda obro' yo'qolsa, Onalar uyda bosh shahs bo'lib qolsa, Ota o'z qiziga shim sotib olsa, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
Ko'ring, bu bechora ota soqovni, Toqati tugamish yengolmay g'ovni, Ona zimmasida topish kuyovni, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
"Ey, hotin bormikan,ul mayda chuyda?" Degan odamlar ham ko'pko'cha ko'yda. Bozorda onalar, otalar uyda, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik ems.
Buxoriy tug'ilgan diyorda bugun, Erlarning vazni yo'q, ayollar yupun, Birodar, bemalol tomoshang nechun, Yig'lash kerak bunga,kulmoqlik emas.
Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga, Hayqirmoq soati keldi hammaga: Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas, Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.
Ovozi boricha hayqirmoq kerak, Haqning kalomiga chaqirmoq kerak: Ogohlantirish kerak bu avom halqni, To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.
Uning sha'ni uchun turib bersinlar, Kerak bo'lsa nafsiy jangga kirsinlar, Ahli oilaga jonlari fido, Ko'paysin to nusrat berguncha Xudo.
So'nggi hitobimni baribir aytgum, Kimgadir sal og'ir botsa ham so'zlar: Naslimiz hurmati fitrati toza, Ayollarni saqlab qolaylik, do'stlar.
Chunki ayollarga bog'liq har narsa, Ayol bor, oila erur muqaddas... Fahsh agar el ichra oddiy hol bo'lsa, Yig'alsh kerak bunga,kulmoqlik emas...
|