Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Oktabr 2010  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Oktabr » 25 » Bu dunyoda ota-onang g`animat
02:05
Bu dunyoda ota-onang g`animat


Hayot karvonini tortib o`tamiz 
Umrni sarhisob qilib o`tamiz 
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz 
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat 
Ey birodar ota-onang g`animat

Inson yashar yolg`on kunning ostida 
Inson yashar qil ko`prik ustida 
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida 
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat 
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning 
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning 
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning 
Ota-onang yonidasan xijolat 
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on 
Onang hayot baxting to`kis farovon 
Ular borki bosgan qadaming ravon 
Har ne borki saqlay olgin qanoat 
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga 
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga 
Mehr bergin jigaring-u qoshningga 
Atrofingda yaqinlaring tumonat 
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan 
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan 
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan 
Ular uchun qilolmasak inoyat 
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb 
Olomasang duosini onam deb 
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb 
O`tgandan so`ng qilma bekor dod –faryod 
Tushun axir ota-onang g`animat


Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 965 | Добавил: Moxira | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 10
0  
10 Amina   (02.03.2011 18:14) [Izoh]
VOY! SH'ER JUDA ZO'R EKAN! clap JUDA HAVASIM KELDI! QANI EDI MEN HAM SHUNAQA SHE'R YOZA OLSAM! SIZ PRAFESSIONAL SHE'RCHI BULIB KETIBSIZ! tongue

0  
9 EMRAAN   (02.03.2011 01:42) [Izoh]
WoowWW!! oh, awesome...
Juda ham yakhshi sher ;)

0  
8 moon264   (15.12.2010 00:52) [Izoh]
RAHMAT!!!

0  
7 moon264   (15.12.2010 00:52) [Izoh]
Hammamizni Bahtimizga OTA ONALAR sog' BOLSIN!!!!

0  
6 ShaBnaM_Uz   (28.11.2010 23:26) [Izoh]
smile

0  
5 ShaBnaM_Uz   (24.11.2010 16:30) [Izoh]
Sher uchun rahmat.

0  
4 Angeloza   (22.11.2010 23:10) [Izoh]
Ota Onalarimizi panoxida asrasin iloxim yaxshi sher uchun raxmat

0  
3 shirina   (12.11.2010 06:34) [Izoh]
Otta ona xaqiqatdan ham g'animat okalar opalar ularni asrab avaylashimiz kerak . happy happy happy happy happy happy happy happy

0  
2 Quşniii   (26.10.2010 02:10) [Izoh]
Dadamni Oyımnı judayam soğındım:((((( ALLAH Dada va Oyımga uzokkkkkkkkkkkkkk umr bersın

0  
1 Kelinchak   (25.10.2010 12:37) [Izoh]
fish first first first

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]