Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 21 » Bu dunyoda kim uchun yashavossan
16:02
Bu dunyoda kim uchun yashavossan
m uchun






Hayot karvonini tortib o`tamiz  
Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat

Inson yashar yolg`on kunning ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on
Onang hayot baxting to`kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb
O`tgandan so`ng qilma bekor dod –faryod
Tushun axir ota-onang g`animat
Категория: HAR XIL | Просмотров: 632 | Добавил: KeNjAtOy | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 7
0  
7 moon264   (16.12.2010 18:35) [Izoh]
wacko wacko wacko

0  
6 shirina   (23.11.2010 04:39) [Izoh]
SHERGA GAP YOQ MA'NOLI SHER EKAN

0  
5 ShaBnaM_Uz   (21.11.2010 20:58) [Izoh]
smile

+1  
4 Angeloza   (21.11.2010 20:20) [Izoh]
sher zor raxmat smile smile smile smile smile

0  
3 Milasha   (21.11.2010 19:41) [Izoh]
RAHMAT JUDA TASIRLI SHER EKAN.

0  
2 KeNjAtOy   (21.11.2010 19:17) [Izoh]
Arzimidi siz dan ham Alloh rozi bulsin !!! smile

0  
1 xusnidin   (21.11.2010 17:38) [Izoh]
raxmat zor sher ollox rozi bolsin

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]