Главная » 2010»Dekabr»3 » Bollywood qiroli SHOHRUHXON haqida malumotlar....
01:53
Bollywood qiroli SHOHRUHXON haqida malumotlar....
Iste`dodli hind aktyori Shohruh Xon 1965-yil 2-noyabrda Nyu-Dehli shahrida tug`ilgan. U boshlang`ich ta`limni St.Columba maktabida olgan. Aynan shu yerda u eng yaxshi talaba degan nomga musharraf bo`lgan. Xansraj kollejida Shohruh iqtisoddan saboq oldi, diplomga esa D.Miliya universitetina tamomlagachgina ega bo`ldi.
Shohruh Xon talabalik davrlaridan do`st tutingan Gauri Chibberga uylangan. Hozirda ularning ikki farzandi bor: o`g`li Arian (1997-yil) va qizi Suxana (2000-yil).
Gauri va Shohruh
Ularning muhabbati xuddi aktyorning kinolarda jonlantirgan muhabbati kabi mustahkamdir. Gaurining otasi iste`fodagi mayor Ramesh Chxiba vegetarian bo`lgan. U braxmanlarga e`tiqod qilar edi. Shohruh esa musulmon dinida e`tiqod qiladi. Hindistonda nikoh chog`ida dinga alohida e`tibor berilgani bois ular 1984-yilda tanishishgan bo`lsa-da, nikoh to`ylari 1991-yilga kelib o`tkazildi.
Anketa
Hobbi va qiziqishlari - Kompyuter o`yinlari
Avtomobili - Qizil Pajero
Sevimli teleshousi - Krishi Darshan
U uchun unutilmas kun - Filmfareda birinchi marotaba mukofotlangan kuni
Tungi sevimli mashg`uloti - o`qish
Sevimli ichimligi - Pepsi Cola
Sevimli taomi - Tandoori jo`jalari
Agar aktyor bo`lmaganida - maktab o`qituvchisi bo`lar edi
O`zi suratga tushgan sevimli filmi - "Kabhi haan kabhi naan"
Eng baxtli onlari - U uylangan kun
Eng qayg`uli kun - Ota va onasidan ajralgan kun
Uy hayvonlari - Tobecca laqabli kuchugi
Sevimli aktyorlari - Amitabx Bachchan, Dilip Kumar, Rishi Kapur
Sevimli aktyorlari guruhi - Sanjay Datt, Jeki Shroff, Salmon Xon
Sevimli aktrisalari guruhi - Juhi Chavla, Madxuri Diksit, Kajol