Yosh aktrisalar orasida Bollivudda bugun Anil Kapurning qizi Sonam Kapur birinchi o’rinda. U suratga tushgan "Aisha” kartinasi ham ancha ommalashib qoldi. Bu filmga uning otasi Anil Kapur prodyuserlik qilgan. Ochig’i, ota o’z qizi uchun juda e’tibor bilan ishlayapti. Ya’ni ssenariylargacha o’zi tanlayapti. Shuning uchun ham Sonamning turli filmlarda suratga tushishi taqiqlangan.
O’ZI EMAS, ONASI va SINGLISI
Saif Alixon navbatdagi prodyuserlik ishini boshladi. Yodingizda bo’lsa u ilk marotaba "Sevgi: kecha va bugun” filmiga prodyuserlik qilgandi. Unda Saif Alixonning o’zi bosh rolda hamkorini esa Dipika Padukoni ijro etgan edi. Navbatdagi filmda esa Saifning o’zi suratga tushmaydi. Balki uning singlisi Soxa Alixon suratga tushishi mumkin ekan. Hatto maxsus taklif bilan Saifning onasi Sharmila Tagor ham suratga tushishi rejalashtirilgan. (ma’lumot: Sharmila Tagor mashhur yozuvchi Robindranat Tagorning jiyani)