Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Fevral » 19 » Bolangiz so'kinsa...
20:28
Bolangiz so'kinsa...
http://www.ayol.uz/images/stories/Ayolimages/sukinish.jpg

Bolangiz so'kinsa...
(bu maqola orqali kelajakda ota ona bo'ladigan so'kuvchi birodarlarimizga o'rnak sifatida qo'ydik. chunki hozirgi zamonda so'kuvchilar ko'payib bormoqda yani internet olamida ham bundan foyda topamiz deb kelajakda zurriyotlari uchun meros tayorlab qo'yishyatgani uchun tayorlandi. )
UZBOYS.COM adminstratsiasi

Bolalar katta bo’lar  ekan turli xil insonlar, har-xil harakterlar va odatlar bilan tanishib boradi. Balki bola yangilik deb bilganlarini amalda tadbiq etishdan zavq olar?

 

Masalan, rivojlanishning eng aktiv yoshida, 4-12 yosh orasida bolalar ora-sira "argo” so’zlarni yoki "xunuk, so’kish” so’zlarini ishlatishadi. Olti yoshdan keyin ahloqiy tarbiya ta’sir qilishi davomida bu ishlatadigan jumlalarning ahloqqa to’g’ri kelmasligini, qiyin bo’lsa ham, tushuntirish, bir chora topish mumkin. Ammo olti yoshdan kichik bolalar so’kish so’zlarini qo’llasa, nima qilish kerak, qanday tarbiya metodi ishlatish kerak?

 

Bir ona bolasini tarbiyalash jarayonida so’kingan bolasining og’ziga qalampir surish bilan jazolab bu yomon odatini tashlatishga harakat qiladi. Jazolangan bola so’kinish odatini tashladi deb o’ylab yurgan payti huddi o’sha yomon odatni uch yoshidagi bolasida ko’rganida juda taajjublandi. Bu yomon tajribani boshidan o’tkazgan ona voqeani shunday tushuntiradi: "Katta o’g’limni og’ziga qalampir surib jazolahsni boshlaganimdan birqancha vaqt o’tib so’kinishni tashladi. Lekin bir kuni hech kutilmaganda mehmonlarning oldida uch yoshdagi o’g’lim so’kinganida nimalar bo’layotganini tushuna olmay qoldim. Bolamni ozgina urib jazolashdan boshqa narsa aqlimga kelmadi o’sha payt. Mehmonlar ketganidan keyin undan nimaga so’kinganini so’radim. "Akam o’rgatdi” deganida ikkinchi juda esankirab qoldim. Chunki akasining bu odatini tashlagan deb o’ylab yurardim. Holbuki katta o’g’lim bizdan qasos olish maqsadida xunuk so’zlarini bir xonada qoladigan ukasiga o’rgatar ekan.”

 

Jazolash boshqa istalmagan yomon odatni keltirib chiqaradi.

 

Katta o’g’lini yomon odatini tashlataman degan ona "qosh qo’yaman deb koz chiqardi” deganlari day, kichik bolasini so’kinadigan bo’lishiga sababchi bo’lib qoldi. Nimaga?  Bola so’kish so’zlarning ma’nosini bilmasdan ishlatadi ko’pincha.Onasinig uni bunday jazolagani bolaning g’ururiga tegadi, ichida alam, o’kinish hislarini uyg’otadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, jazo boshqa  istalmagan yomon harakatlarni keltirib chiqaradi. Bola og’ziga qalampir surish jazosi g’ururiga tegdi va o’zicha onasidan intiqom olish maqsadida bu so’zlarni ukasiga o’rgatdi. Aslini olganda, agar bola olgan jazosining tasirini boshqa bir yomon harakat bilan o’rtaga chiqarmaganida bundan ham kattaroq muamolar tug’ilishi mumkin edi. Chunki, jazolaganda hech qanday refleks ko’rsatmagan bolaga "passiflashtirilgan” va ma’lum bir reflekslari o’ldirilgan bola sifatida qaraladi. Bolalar olgan jazolarining ta’siri bilan birga boshqa noto’g’ri harakatga ham moil bo’lishi mumkinligi haqida ota-ona unutmasligi kerak.Buni anglagan holda istalmagan harakatlar qilgan bolalarga qarshi chora qo’llayatganda aql bilan ish tutish kerak. Jazo muammoning yechimi emas, balki boshqa bir muammoning boshlanishidir.

 

 

So’kinishni o’rgangan bolalarga qanday munosabatda bo’lish kerak?

 

 

  1. Bolangiz uyquga ketishidan oldin o’qib beradigan hikoyalaringizga so’kinadigan bolani qahramon qilib oling. Aytib beradigan hikoyangizdagi bola so’kinganida onasinig, atrofdagilarning qanchalik hafa bo’lganini, uning so’kinishi qanday yomon hodisalarga sabab bo’lganini tushuntiring. Ammo aslo hikoyadagi bola bilan farzandingizni solishtirmang. Sen ham yana shunday qilma, unga oxshama degan gaplarni gapirmang. Xavotirlanmang, farzandingiz bu hikoya bilan nima demoqchi ekanligingizni anglab oladi.

 

  1. Farzandingiz aytadigan so’kish so’zlarga altenativ so’zlar o’rgating.Bola jahli chiqqanida, xafa bolganida qanday so’zlarni ishlata bilishi mumkinligini o’rgansin. Farzandingiz qanday tuyg’uni his qilganida so’kinsa, aynan o’sha tuyg’uni his qilganida so’kishga altrnativ  jumlalarni qo’llashi mumkinligini o’rgating. Misol uchun sendan juda jahlim chiqdi, ayni paytta juda xafaman, asabiylashyapman  kabi.

 

  1. Farzandingiz bilan kelishib oling – kun davomida so’kinish so’zlarini ishlatmasa unga mukofot sifatida yoshiga yarasha biror narsa bering. Bolangiz maktabdan kelganidan uxlashga yotganigacha birga o’tqazadigan vaqtingizda so’kinmaganligi uchun har soatda uni maqtab, boshini silab qo’ying. Mukofot sifatida beradigan narsangizni boshida bir kunda bir, keyinchalik esa ikki uch kunda bir berib, asta-sekinlik bilan to’xtaning. Bo’lmasa farzandingiz bunga o’rganib qolishi, hamma yaxshi amallarni faqatgina mukofot evazigagina qilishi mumkin.

 

  1. Bolangizning tilining rivojlanishini kuzatib borishni, unga yordamchi bo’lishni istasangiz, sher yod oldiring, tez aytish o’rgating, qisqa duo va suralarni ham o’rgatishingiz mumkin. Bu holda bolaning aktiv lug’atida asosan siz yodlatgan sherlardagi so’zlar turadi. Ham farzandingizning tilini shirin qilgan bo’lasiz, ham uning rivojlanishiga hissa qo’shgan bo’lasiz.

 

  1. Farzandingizning kutilmaganda og’zidan chiqib ketgan xunuk so’zlarga o’zingizni juda yomon ta’sirlangandek qilib ko’rsating. Jahl qilmang, urushmang, turtishingiz, ko’rinishingiz, yuz ifodangiz orqali xafa bo’lganingizni ko’rsating. O’shirib ham yubormang, faqat bola sizning unga bo’lgan munosabatingiz o’zgarganini sezsin.

 

  1. Yuqorida keltirilgan maslahatlar foyda bermasa, o’zingiz ishlatadigan so’zlarni bir tekshirib ko’ring, balki farzandingiz siz ishlatayatgan so’zlarni qo’llayotgandir?
Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 1399 | Добавил: SuperBoy | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 3
0  
3 Angeloza   (20.02.2011 19:43) [Izoh]
Raxmat

0  
2 Sweet kitty   (20.02.2011 14:24) [Izoh]
xa raxmat maslaxatlar uchun

0  
1 pari   (20.02.2011 08:20) [Izoh]
judayam yaxshi mavzu ekan.Qoyil hozirda qaniydi hamma shu gaplarga amal qilsa.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]