Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 21 » Bolalarga kompyutermi yoki kitobmi ???
16:01
Bolalarga kompyutermi yoki kitobmi ???
XXI-asr dunyo miqyosida axborot texnalogiyasini rivojlanishi kompyuter va internet tizimidan foydalanishga imkoniyat yaratmoqda. Shu bilan birga, bizning yurtimizda ham bu tizimdan foydalanuvchilar kam emas. O'sib kelayotgan yoshlarimiz ham ma'nan, ham jismonan, yetuk bo'lishlari lozim. Prizidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga katta imkoniyat yaratib berilmoqda. Ammo, bu imkoniyatdan yoshlar to'g'ri foydalanishyaptimi? Hozirgi kunda Internet tarmog'ining qulaylik tarafi ko'p. Lekin, internet sohasida uddabiron bo'lib ketgan hakkerlar qaroqchilik va turli xil bazalarga kirib noqonuniy ishlarni amalga oshirishyapti. Bularni qo'yib turing, hattoki, maktab o'quvchilari ham kompyuter qarshisidan ketishmaydi. To'g'ri, yoshlar kompyuter bilan ishlashni bilishlari kerak. Bu degani soatlab kompyuter oldida o'tirish degani emasku! Hozirgi kunda yoshlarimiz kompyuter o'yinlariga mukkasidan ketishgan. Bu o'yinlar oqibatida bolalarning miyasi zaharlanmoqda. Bunga misol qilib, bolalar og'zidan tushmayotgan ,,counter strike''ni olsak,o'yindagi teroristik hujumlar va turli xil qurollardan foydalanishi, bolalarni o'ziga jalb qilmoqda. Bu o'yin ularni shavqatsizlikka, qotillikka yetaklaydi. Keyinchalik, hayot misolida ko'rishlari ularni jinoyatchilik va qotillikika yetaklaydi. Xo'sh, bu o'yinlarni o'ynab bolalar nima foyda topadi? Bunga ota onalar qanday qarashyapti? Afsusuki ayrim ota onalar o'z farzandlarining tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashmoqdalar. To'g'ri, internetda turli tuman saytlarda ma'lumotlar bor. Ammo, o'smirlar internet tarmog'idan olayotgan ma'lumotlarina osongina topganliklari, ma'lumotlarni shpargalka sifatida foydalanishlari, bolalarni dangasa, kitob o'qishga moyilligi yo'q, ijodiy nutqi va notiqlik san'ati susayib bormoqdi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, o'smirlarning 45% kompyuter o'yinlariga, 25% internetga, qolgan qismi esa o'zlarining ishlari uchun kompyuterdan foydalanishar ekan.

Bolalarning o'zlari qiziqtirgan kitoblardan foydalanishlari uchun, shaharimizda bir necha kutubxonalari mavjud. U yerdan bolalar badiiy, falsafiy, adabiy janirlardagi kitoblardan va turli yo'nalishdagi ensiklopediyalardan foydalanishlari mumkin. Ilmiy tatqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bolalarnig 40% oxirgi marotaba qanday badiiy kitob o'qiganliklarini eslay olmaydilar. Hozirgi kunda, nafaqat yurtimizdagi balki jahon adabiyotidagi yozuvchi va shoirlar o'zlarining serqirra ijod namunalari bilan kitobxonlarni mamnut etmoqdalar. Shunungdek, bolalarni bo'sh vaqtlarini unumli foydalanishlari uchun davlatimiz tomonidan bepul to'garaklar, qo'shimcha darslar, qolaversa Kamolot va Kamalak yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti ham mavjud. Bu esa biz yoshlarga berilgan to'laqonli imkoniyatdan oqilona foydalanishimiz uchun zamin yaratmoqda.

Bolalarga kompyuter yoki kitobmi? Bu savolga javobni o'zimizda qidiraylik. Har narsaning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Shuning uchun ham har bir narsaning ijobiy tominini ola bilish va me'yor darajada foydalanish lozim. Bolalarni kitobga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otish uchun ustoz, muallim va ota-onalardan katta mas'uliyat talab etaylik!!!



Категория: HAR XIL | Просмотров: 1065 | Добавил: KeNjAtOy | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 8
0  
8 moon264   (16.12.2010 18:19) [Izoh]
thnx 4 info

0  
7 moon264   (16.12.2010 18:19) [Izoh]
men albbata komp,,, lekin komp zararde))) smile smile

0  
6 shirina   (23.11.2010 04:40) [Izoh]
MENGA QOLSA HAM KOMPYUTERNI TANLARDIM.

+1  
5 KiChKiNtOy   (22.11.2010 00:34) [Izoh]
man kompiyuterri tanlagan bo`lar edim . chunkiy usha kitob ham bor kompda

0  
4 ShaBnaM_Uz   (21.11.2010 21:18) [Izoh]
smile

0  
3 Angeloza   (21.11.2010 20:18) [Izoh]
smile smile smile smile smile spasibo

0  
2 KeNjAtOy   (21.11.2010 19:45) [Izoh]
smile cool

0  
1 Milasha   (21.11.2010 19:42) [Izoh]
smile smile smile smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]