Bolalarning quyidagi 10 fazilati bizga o'rnak bo'lishi kerak. O'rganing:
1. Yomonlikni tezda esdan chiqara bilish
Bolani
oson yig'latish mumkin. Lekin u bir necha daqiqadan so'ng hech narsa
bo'lmagandek yana o'ynab kulib yura oladi. Kattalar esa bir xafa bo'lsa,
bir necha kun yoki yil alamini ichida saqlab yuradi. Agar kattalar ham
bolalar kabi alam va qayg'uni oson unutib yuborishni bilganlarida,
yashash ancha oson bo'lardi.
2. Charchoqni his qilish
Bola
charchasa, ovqat yeb turgan joyida uxlab qolishi mumkin. Bola
charchog'ini bilib shu zahoti dam oladi. Kattalar esa o'z charchog'ini
unutib dam olish kerakligini bilmaydilar. 3. Organizm talabini bilish
Bola
faqat o'zi istagan narsani yeydi. Agar bir nima yoqmasa, bola hech
qachon uni yemaydi. Kattalar esa, aksincha ozish va boshqa sabablarga
ko'ra o'zlari istamagan narsalarni yeyishga o'rganib qolishgan. Buning
natijasi esa stress. 4. Shoshmaslik
Bolada
rejim degan tushuncha yo'q. U o'zi istagan payti ovqatlanadi, o'zi
istaganda uxlaydi va o'zi istaganda o'ynaydi. Kattalar esa, ma'lum bir
rejimda yashab qaergadir shoshaveradilar. Shoshishga ehtiyoj bo'lmaganda
ham shoshmasdan ish ko'ra olmaydilar.
5. O'ynab-kulib yashash
Bola
har bir ishni o'yin bilan qiladi, bola taasurotlar va tasavvurlar bilan
yashaydi. Agar kattalar ham uy ishlarini qilish, ovqat pishirish yoki
boshqa ishlarini o'ynab-kulib bajarsalar, ish ham yoqimli bo'lib qoladi.
6. Savol berish
"Nega
quyosh dumalab ketmaydi?", "Nega mushuk orqa oyoqlarida yurmaydi?" kabi
bolalarning beg'ubor savollari ularni dunyoga qarashi naqadar go'zal
ekanligidan dalolat beradi. Bolaning shu kabi savollariga javob
berishdan bosh tortmang. 7. Narsaga yangidan nazar solish
Ahamiyat
bersangiz bolaga bir multfilmni 10 marta qo'yib bersangiz ham katta
qiziqish bilan tomosha qiladi. Chunki u har safar unga turlicha nazar
bilan qaraydi. Siz ham har kungi ishlarga, atrof muhitga turlicha qarash
bilan nazar sola biling. Shunda hayot qiziqarli ko'rinadi.
8. Jinnilik qilish
Gohida
bolalarcha jinnilik qilib, bolalarcha beg'ubor kulish, hech narsa
haqida o'ylamay bir zumga "bola" bo'lib qolish kattalar uchun foydali. 9. Aktiv bo'lish
Bola bir joyda o'tira olmagandek, kattalar ham doim harakatda bo'lishlari lozim. Shunda hayot zerikarli o'tmaydi. 10. O'z-o'zinini sevish
Bolalar kabi kattalar ham bir oz egoist bo'lib, o'zlari haqida o'ylashni, o'zini sevishni unutmasligi lozim.