Sevgi kimdan so’ray, oydan so’raymi,
Sokin oqayotgan soydan so’raymi?
Quyoshning yuziga boqib ko’raymi,
Yo’qotib topmadim birinchi sevgim.
Kechalar uhlamay, tundan so’raymi,
Musaffo va yorug’ kundan so’raymi?
Qo’shnidan so’raymi, yo’ldan so’raymi,
Yoqotib topmadim birinchi sevgim.
Har kuni uchrashgan bog’dan so’raymi,
Qo’l ushlashib chiqqan tog’dan so’raymi?
Devonadan so’ray, sog’dan so’raymi,
Yoqtib topmadim birinchi sevgim.
Ko’zimga to’lganda halqa-halqa yosh,
Sog’inch azobiga berolmadim dosh.
Sog’inchim, dardimni so’zlamasdan men
Qaylarga ketayin, qayga olib bosh?
Maktubingiz olib shod bo’lgan edim,
Lek unda to’yingiz rasmi bor ekan.
Sizni sevganimga pushaymon edim,
Keng dunyo deganim nahot tor ekan?
Qalbim kemtikligin kimdan ko’rayin,
Bu mushtdek boshimni qayga urayin?
Imkon ber, Ollohim, Yaratgan egam, Erta tong quyoshdan avval o’layin. |