Qozoq milliy taomi, hamirni ichiga go'shtni o'rab, qo'lda, beshta barmoq yordami bilan yeyilgani uchun beshtbarmoq deyiladi, mazasi ajoib taom.
Masalliqlar(3kishi uchun):
-o’rtacha yumshoqlikda qorilgan hamir(1ta tuxum+0.5stakan suv+1chimdim tuz+1.5-2stakan un)
-200gr suyakli go’sht
-ziravorlar,tuz
Tayyorlash:
Suyakli go’shtni 3-4litrlik tuzli suvda qaynatib olamiz.
Go’sht pishgach,mayday kubik shaklida to’g’rab olamiz.
Hamirni 1-2mm qalinlikda yoyamiz.Hamir osti ko’rinishi kk
Hamirni pastki qismidan to oxirigacha buklab boramiz.
Buklangan hamirni 5-6sm uzunlikda kesamiz.
Kesilgan hamirlarni yana bittadan ustma-ust yoyib chiqamiz.
Uni ham 5-6sm uzunlikda kesamiz.
Go’sht qaynatilgan suvni qaynatib,qaynab turgan joyiga
hamirlarni tezda bittadan solamiz.
15 daqiqaga yaqin vaqtda pishadi.