Balki sevgandirman sizni
shunchaki.....
Shamol tuyg'ularim o'g'irlab ketdi,
Hayol o'shal bekatda qolib-la ketdi.
Hislar "sevgi" deya yurakka bitdi,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Eng baxtli kunmidi sizni kutgan kun?!
Kelmadingiz o'shanda bilmadim nechun.
O'sha kundan buyon qalbimda tugun,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Yechmoq ul tugunni qo'limdan kelmas,
Taqdirning siz uchun bitgani menmas,
"Sevaman" desalar ta'sir ham qilmas,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Ismingiz qoralab qalam titraydi,
Sizga yetolmagan alam titraydi.
Kuylasam honishim, nolam titraydi,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Har yerda izladim, ko'rmayin hatto,
Sizni ko'rmoqlikni etgaymi ato?
Sevish aybmi ayting, sevilish hato?
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Sizsiz kulgularim yo'qolib qoldi,
Sevgining dardlari baxt o'rnin oldi.
Sizdan hotir faqat she'rlarim qoldi,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.