Salom so’zi tushmas kimdan so’ramang,
Shundan boshlanajak uchrashilgan chog’,
Lek nomiga yangrar qayga qaramay,
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!
Ko’rmaymiz salomsiz biror kimsani,
Hayr hush chog’i ham iltifot, biroq,
Xolis niyat ila aytishlik qani?
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!
Gar bir-birimizga chin niyat ila,
Salom etkazsak so’rabon panoh
Iymonlar zavq shavqqa bo’lardi to’la
Assalamu alaykum va rohmatulloh!
Amin bo’ldim do’stlar yetib shu yoshga,
Yurish turishimiz bermoqqa saboq!
Sahobalar bilan bizniki boshqa,
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!
Mayli dunyo bizga aytmasin tahsin,
Laganbardorlar ovozlar tiyilsin beon,
Labimizdan emas ko’ngildan chiqsin,
Assalamu alaykum va rohmatulloh!!!