Bugun ortga qarab vijdon qiynaldi Naxot shuncha gunoh ish qilgan bo`lsam? Umrim o`tib borar vaqt o`tgan sari Nahot gunoxlarim yuvmasadan o`lsam?
Bilib bilmay yaqinim ranjitib qo`ysam
Nafsimning quliga aylangan bo`lsam
Dunyo tashvishlarin doim o`ylasam Naxot gunohlarim yuvmasdan o`lsam? Bugun ohiratni unutar bo`lsam Dunyo g`amlariga ko`milib ketsam Savob ishlarni xam tark etib ketsam Naxot gunohlarim yuvmasadan o`lsam? Rahimdil allohom meni kechirgin Bilib bilmay gunoh ishlarni qilsam O`zing meni doim xaq tomon burgin Nahot gunohlarim yuvmasdan o`lsam? Esladim o`tmishim, iymon zo`raydi Miyyamda bir fikr:"savob ish qilsam Agar men chin dildan tavbalar qilsam Allohim gunohimni kechirgin o`lsam...