Meni shu lahzada tushunmas hech kim Sezmaslar nimalar tuymoqda qalbim Mening holim og`ir og`irdur dardim Meni kim tushungay Allohdan bo'lak . Do'stlarim yuzumga oyoq qo`ysalar Zulumkor dushmanim ko'zim o'ysalar Suyganim pichoqsiz qalbim so'ysalar Menga kim vafodor Allohdan bo'lak .. Gar o'lsam unutar balki bir pasta Mening ko'nglim yig`lar yuragim hasta So`nib bormoqdaman hayotdan asta Meni kim tushungay Allohdan bo'lak .....