Xamiri: Kerakli mahsulotlar: 1. 200 gr sariyog` 2. 4 stakan un 3. 1 stakan qaymoq(ozgina qatiq ham aralash qilamiz) 4. 5 ta tuxum sarig`i 5. 1 choy qoshiq soda Tayyorlanishi: Sariyog` qig`ichdan chiqarilib, un b-n uqalanadi.1 stakan qaymoqqa 1 choy qoshiq soda, 5 ta tuxum sarig`I qo`shib xamir qoriladi.30 minutcha tindirishga qo`yamiz. Nachinkasi: Kerakli mahsulotlar: 1. 5ta tuxum oqi 2. 1 stakan shaker 3. 1 kosacha yong`oq Tayyorlanishi: 5 ta tuxum oqi obdon ko`pirtiriladi,idishni teskari qilganda to`kilmaydigan darajaga yetguncha. Keyin 1 stakan shaker qo`shiladi, keyin yong`oq qo`shamiz. Tayyor bo`lgan xamirni 3 qismga bo`lamiz,har birini list kattaligida yoyamiz, har birini alohida listga solib, ustiga nachinkani solamiz va duxovkaga o`rtacha olovda pishirishga qo`yamiz.30-45 minutda pishadi. Kremi: Kerakli mahsulotlar: 1. 1 banka (to`q rangli shokoladniymi nomini aniq bilmayman)sgushenka 2. 1 banka och rangli sgushenka 3. 250 gr sariyog` Tayyorlanishi: Sariyog` xona xaroratida erigan bo`lishi k-k, unga sgushenkalarni qo`shib mixerda qorishtiramiz, Pishib chiqqan nachinkali xamir ustiga tayyor bo`lgan kremni suramiz, agar hohlasangiz bezak u-n kokosoviy strujka va glazur tayyorlab bezatishingiz mumkin! Yoqimli ishtaha!