Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 13 » 3D Formatdagi Televizorlar!
17:57
3D Formatdagi Televizorlar!



Televideniye o’z taraqqiyoti davomida bir necha bosqichlarni boshdan o’tkazdi: oq-qora, rangli, raqamli. Mutaxassislar va tomoshabinlar keyingi sifat o’zgarishi – hajmli, ya`ni 3D formatdagi televideniyega o’tilishini orziqib kutishmoqda...

Sport o’yinlari to’liq 3Dda
Haqiqatan ham bugungi televideniye sobitqadamlik bilan 3Dga qarab bormoqda. Hajmli tasvirlarni uzatish borasida ilk sinovlar o’tkazildi. Masalan, o’tgan yil so’ngida 3D formatidagi birinchi futbol uchrashuvi (AQSH-Gvadalaxara) namoyish etilgan edi. 2012 yilda o’tkaziladigan olimpiya o’yinlari musobaqalari ham to’liq 3D formatda suratga olinishi ko’zda tutilmoqda.

3Dga ega bo’lish uchun nima qilish kerak?
3D-grafikali oynai jahonga ega bo’lish uchun 3D-funktsiyasi bo’lgan plazmali televizor xarid qilinsa bas (Bunday televizorlar yirik do’konlarimizda bisyor). Bundan tashqari, oilaning har bir a`zosi uchun faol 3D-ko’zoynaklar sotib olish kerak bo’ladi (hozircha Rossiyada bunday ko’zoynaklar donasi 18 ming so’mdan 54 ming so’mgacha sotilmoqda). Biroq bu hali hammasi emas, 3D televizorlarni tomosha qilish uchun HD-formatda translyatsiya qiladigan resiver kerak bo’ladi. Shuningdek, yuqori to’lqinli telekanallar uzatuvchisi bilan aloqa bo’lishi lozim.
Ma`lumot uchun: tahlil bilan shug’ullanadigan iSuppli firmasi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko’ra, joriy yilda dunyo bo’yicha 4,2 million 3D-televizorlar sotiladi. 2015 yilda bu raqam 78 millionni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.

3Dning ijobiy va salbiy tomonlari
Ijobiy tomonlari:
– Telekanal, film yoki o’yin ichiga «kirib» ketishni ta`minlaydi;
– Yaratilgan 3D-filmlarni rejissyor qanday o’ylagan bo’lsa, shunday ko’rish imkonini beradi;
– Tarmoqqa qarab, disklarni amaldagi jihozlar bilan ikki o’lchamli ko’rinishda ham tomosha qilish mumkin.

Salbiy tomonlari:
– Yangi televizor xarid qilishingiz lozim;
– Yangi Blu-ray – plastinkasidan ovoz chiqaradigan apparat (proigrivatel) kerak bo’ladi;
– 3D-grafikani tomosha qilish uchun maxsus ko’zoynaklar taqishingizga to’g’ri keladi;
– 3D-dasturlarni ko’zoynaksiz ko’rsata oluvchi televizorlar sotuvga yaqin o’rtada chiqarilmaydi.

Nima tomosha qilish mumkin?
3D-televizorga ega bo’ldingiz ham deylik. «Shu grafikada olingan filmlarni qayerdan olish mumkin bo’ladi?» degan savol tug’iladi. Axir kechayu kunduz «Avatar»ni tomosha qilib o’tirmaysiz-ku, to’g’rimi? Xavotir olmang. «Avatar»dan keyin aksariyat kinokompaniyalar tobora urfga kirayotgan stereoeffektli filmlarni suratga olishni boshlab yubordilar. Pixar studiyasi ham endilikda o’zining barcha multfilmlarini faqat va faqat 3D formatda chiqarishini e`lon qildi. Sony kompaniyasi ham Janubiy Afrikada bo’lib o’tadigan futbol bo’yicha chempionatdagi asosiy uchrashuvlarni maxsus uch o’lchamli kameralar yordamida surtga oladi.

Bu orada...
Yaponlar 3D fotoapparatini yaratdilar
Yaponiyada 3D formatda tasvirga oladigan fotoapparat ixtiro qilindi. 3D formatdagi tasvirlarni olish uchun ob`ektivni suratga olinadigan predmetga to’g’rilagan holda fotoapparatni goh u, goh bu tomonga silkitish lozim bo’ladi. Apparat sanoqli lahzalar ichida olgan bir seriya kadrlar avtomatik ravishda yaxlit katta hajmdagi tasvirga aylanadi. Yangicha uslubdagi suratni tomosha qilish uchun albatta, yangi avlodga mansub, ya`ni 3D formatdagi televizor kerak bo’ladi. Ushbu texnik yangilik joriy yilning iyul oyida sotuvga chiqariladi. Ma`lumotlarga qaraganda, fotoapparat narxi 1000 AQSH dollarini tashkil etishi kutilmoqda. Eslatib o’tamiz, shu kunlarda dunyoning eng kichik, 3D xaritasi yaratildi. Bu murakkab tuzilmani yaratish uchun mutaxassislar atigi 2 daqiqa 23 soniya vaqt sarflaganlar.
Nima ham derdik, 3D dunyoni zabt etmoqda. Yangi grafika asosida nafaqat filmlar, balki jurnallar ham chiqarilmoqda.



Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 1192 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
0  
3 shirina   (22.12.2010 18:29) [Izoh]
RAHMAT

0  
2 moon264   (15.12.2010 20:07) [Izoh]
aga,,,, 3D lar ham sotiwga tuwiwdi!!! surprised smile

0  
1 Guzal   (14.11.2010 23:04) [Izoh]
Germaniyada ham asta sekin sotuvga chiqarishmoqda. Magasinga kirib kurishingis mumkin, yoqsa sotib olasis. albatta hosircha qimmatroq,

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]