Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 5 » 2011 yili O’zbekistonda bolalarning mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi
00:50
2011 yili O’zbekistonda bolalarning mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi


O'zbekistonda bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini taqiqlaydigan qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining sanitariya bo'yicha shifokori Abdurauf Qosimovning so'zlariga ko'ra, mobil apparatlar chiqaradigan elektromagnit to'lqinlar bolalar va o'smirlarning salomatligini jiddiy xavf ostiga qo'yar ekan.

"Telefonda uzoq vaqt va tez-tez gaplashish bolalar organizmining zaiflashishiga, miya qon aylanishi disfunksiyasiga, asab tizimining buzilishiga olib keladi. Shu bois ota-onalar muntazam ravishda o'z farzandlarini nazorat qilishlari va ularning salomatligiga e'tiborli bo'lishlari lozim", - deydi Qosimov.


Bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini taqiqlash to'g'risidagi qonun tashabbuschilari bergan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu hujjat 2011 yilning bahorida tasdiqlanadi va kuchga kiradi.

Shifokorlarimizning xavotirlariga Qozog'istonlik hamkasblari ham qo'shilishmoqda. Sog'lom hayot tarzini shakllantirish muammolari milliy markazi direktori Saule Dikanbayevaning so'zlariga ko'ra, har 100 mingta qozog'istonlik bolaga 100-127 nafar onkologik kasalliklarga chalingan bolalar to'g'ri kelar ekan, 2009 yilda ularning soni 104 tani tashkil etgan.


"Buning sabablaridan biri - mobil telefonlardan haddan tashqari ko'p va noto'g'ri foydalanishdir. Tibbiyotchilar mobil telefonlarning inson salomatligiga salbiy ta'sirini isbotlashdi, telefon chiqaradigan nurlanish bosh miyada o'sma hosil bo'lish xavfini oshiradi. Shuningdek, telefonni cho'ntakda, yurakka yaqin joyda ko'tarib yurish mumkin emas. Bolalarni mobil telefonlar bilan qoldirish esa xavfli. Bola organizmi onkologik kasalliklarga chalinish xavfiga moyil bo'ladi, chunki uning immun tizimi hali mukammal emas. Sotkalarni sumkada olib yurish kerak, uxlagan paytda esa o'chirib qo'yish yoki karavotdan uzoqroqqa olib qo'yish lozim", - deya ogohlantiradi Dikanbayeva.


Eslatib o'tamiz, ayni paytda O'zbekistonda 5 ta uyali aloqa operatori faoliyat ko'rsatmoqda. 2009 yil yakunlariga ko'ra respublikada uyali aloqa foydalanuvchilarining soni 29 foizga oshgan, ya'ni 15,793 million kishiga yetgan. Shu yilning sentyabr oyida esa, "MTC-O'zbekiston" operatori o'z abonentlarining soni 8 milliondan oshganini e'lon qildi. O'z navbatida O'zbekistondagi ikkinchi uyali aloqa operatori bo'lgan"Ucell"6 millionlik chegaradan oshgan, "Beeline" esa - 4 million. 16 yoshdan kichik bo'lgan mobil telefon foydalanuvchilarining miqdori 8% ni tashkil etadi.




Категория: News/Новости | Просмотров: 1038 | Добавил: Milasha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
0  
4 moon264   (05.12.2010 22:30) [Izoh]
ham yahwi, ham yomon)))

0  
3 Angeloza   (05.12.2010 13:18) [Izoh]
juda yaxshi

0  
2 Milasha   (05.12.2010 01:05) [Izoh]
HA TUGRI QILISHADI smile smile

0  
1 shirina   (05.12.2010 00:56) [Izoh]
Raxma juda yaxshi yangilk happy happy happy happy happy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]