Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 8 » Xotirani qanday qilib yaxshilash mumkin...
22:23
Xotirani qanday qilib yaxshilash mumkin...



Oldimizda Yangi yil ta'tillari, ammo ulardan oldin yillik hisobotlar, imtihonlar va sessiya turibdi. Demak, bu paytda sizga o'tkir aql va ajoyib xotira kerak bo'lishi shubhasiz. Quyida xotirani yaxshilovchi eng oddiy va bajarsa bo'ladigan usullarni keltiramiz.

1. Uyqu - eng yaxshi dori
Agar ertangi kunga muhim uchrashuv yoki taqdimot marosimi tayinlangan bo'lsa, tuningizni materialni takrorlash bilan o'tkazmang. Yaxshisi to'yib uxlab oling. "Learning and Memory" jurnalida chop etilgan amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, miyani "qayta yuklash" uchun kamida yetti soat uzluksiz uyqu zarur. Miya bu soatlar ichida kun bo'yi olingan ma'lumotlarga ishlov berishga va tartibga solishga ulguradi. 

2. Krossvordlar va boshqotirmalarKrossvord
Krossvordlarni yechish - vaqtni bekorga o'tkazish, deb o'ylaysizmi? Aslo unday emas! "Shaharlar" yoki "skrabbl"ga o'xshash jo'ngina o'yinlar fikrlash jarayonini ajoyib tarzda mashq qildiradi va har qanday yoshda ham xotirani yaxshilaydi. Bu borada olib borilgan tadqiqot natijalari Amerikaning "Neurology" jurnalida chop etilgan.

3. O'rta yer dengizi xalqlariga xos parhez
ZaytunOlimlarning tadqiqotlariga ko'ra, zaytun yog'i qo'shilgan sabzavotli salatlar va qizil musallas bilan go'shtli bifshtekslardan iborat O'rta yer dengizi xalqlariga xos parhez katta yoshda ham xotira bilan muammolar kelib chiqishi xavfini 40% ga kamaytirar ekan. Shunday ekan, ishtahani ochuvchi italyan, ispan va grekcha taomlarni rad etmang.

4. Nafas olishingizni nazorat qiling
Ko'p hollarda biz xotiramizda bo'sh joy bo'lmagani uchungina yangi axborotni eslab qola olmaymiz. Ba'zida juda qisqa muddat ichida undan ko'p narsani talab qilamiz. Bu holda relaksatsiya bo'yicha nafas olish texnikasi yordam beradi. Xotirani mashq qildirish bo'yicha Nyu-York tashkilotining prezidenti bama'ni maslahatlarni beradi: "Agar yogani yoqtirsangiz, u bilan iloji boricha ko'proq shug'ullaning. Agar aksi bo'lsa, shunchaki kechqurunlari istirohat bog'ida sayr qiling va chuqur, xotirjam nafas oling. Nafas olishingiz to'g'ri bo'lishi juda muhim: nafasning kirishi chiqishiga qaraganda uzunroq bo'lishi kerak". Aytganday, inson bo'shashgan paytda yangi ma'lumotni yaxshiroq eslab qoladi. Shunday ekan, agar xotirangiz sizga pand berishini istamasangiz, relaksatsiyaga tushishni o'rganing.

5. Chernika yordam beradiChernika
Ushbu foydali to'q ko'k meva tafakkuringizni zo'riqishdan himoya qiladi. Ayniqsa bu ishda muntazam diqqat-e'tibor talab etilganida juda muhim. Olimlarning so'zlariga ko'ra, hamma gap chernikadagi antotsianinlarda. Ular chernikaga uning ko'zga tashlanadigan yorqin rangini beruvchi antioksidantlardir. Aynan ular bosh miyadagi neyronlar kommunikatsiyasini yaxshilaydi, bu esa xotiraning shunga mos tarzdagi reaktsiyasi uchun javob beradi.

6. Yong'oq iste'mol qiling

Yong'oqHar kuni bir hovuch yong'oq xotira bilan muammolardan qochishga yordam beradi. Ularning tarkibidagi polifenollar va yog'li kislotalar miya faoliyatini faollashtirish imkonini beradi, deyishadi olimlar. Faqat ehtiyot bo'ling: yong'oqlar juda kaloriyali bo'ladi. 50 gramm go'sht yoki bir osh qoshiq zaytun yog'ida qancha kaloriya mavjud bo'lsa, o'n dona yong'oqda ham shuncha kaloriya bor. Aytganday, zaytun yog'i o'z tarkibidagi olein kislotalari tufayli bosh miya faoliyatini ajoyib tarzda rag'batlantiradi.

7. Foydali stress
Amerikalik mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, qisqa muddatli stress vaziyatlar yodda qolish jarayonlarini kuchaytiradi va xotirani yaxshilaydi. Bunda fikrlash faoliyatini ham nazorat qiladigan kortizol gormoni muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, boshliqning xonasidagi qizg'in yig'ilishlar siz uchun faqat foydali bo'ladi.

8. Sut ichib turing
Oksfordlik olimlarning ishontirishlariga qaraganda, sut miya faoliyati va xotira uchun juda foydali. GapSut shundaki, sut tarkibida ko'plab aminokislotalar va vitaminlar mavjud. Ular orasida eng qimmatlisi "xotira vitamini" nomini olgan V12 vitaminidir. Ushbu foydali komponentlar kokteyli yosh o'tishi bilan yuzaga keladigan aqliy muammolarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Mutaxassislar xotira bilan muammolarning oldini olish uchun kuniga 2 stakan sut ichishni tavsiya etishadi. Agar sizda laktoza yetishmovchiligi yo'q bo'lsa, albatta. Sut suyaklaringizni ham mustahkam qiladi.

9. Tasavvurlar o'yini
Tasavvuriy ong - inson xotirasi rivojlanishining juda muhim qismidir. Rossiyalik olimlar, tasavvuriy hissiyotlari rivojlangan bolalar she'rlarni yengil eslab qolishlarini, maktabdagi darslarni ham yengil o'zlashtirishlarini aniqlashgan. Kattalar uchun tasavvuriy xotirani rivojlantirishning butun bir tizimi mavjud - mnemotexnik, uni o'rganib olish tasavvurlar yordamida voqealar hamda raqamlarni eslab qolish imkonini beradi.

10.Fikrlaringizni yozib boring
Vizual xotira, albatta, ko'pchilik uchun aniq ishlaydi, ammo motorikaga ham bee'tibor bo'lmaslik kerak. Eslab qolinishi qiyinchilik tug'dirgan narsalarni qo'lda yozib qo'ying. Ushbu ma'lumot darhol miyangizda qolmasa ham, sizda shpargalka qoladi.
Категория: Salomatlik Sirlari | Просмотров: 1817 | Добавил: Milasha | Рейтинг: 2.4/5
Всего комментариев: 2
0  
2 Nursiyk   (18.06.2011 13:57) [Izoh]
men ikki kunnan bir 200 gramm pista yeyman buning xotiraga poydasi bormi

0  
1 shirina   (09.12.2010 00:55) [Izoh]
kecha yegan ovqatim ham esimdan chiqib ketadi ba'zida ma'lumolar uchun

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]