Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 8 » Qutqarurmisiz?!
00:44
Qutqarurmisiz?!
Bu kunga chidam yo'q, yo'q erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o'ngimda jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr.
Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?!

Talay odamlarga yo'liqdim, ular
Katta va'dalar-la do'stlarim bo'lar,
So'ng tinmay pinhona g'iybatim qilar.
Meni bu kulfatdan qutqarurmisiz?

Ahlimga boqaman, nigohi yomon
Qalbidan sizilib chiqqanda gumon...
Ahdlasha olmasak, bu qanday zamon,
Meni bu ofatdan qutqarurmisiz?

Jujuqlarim yig'lar istabon saboq,
Men ular oldiga qo'ygum qo'g'irchoq...
Shaytonning aytgani g'olibdir bu chog',
Meni bu da'vatdan qutqarurmisiz?

Ohirat qayg'usi yo'qolib qolsa,
Kelishgan yigitlar ko'nglimni olsa
Dunyoning ishlari ajabga solsa,
Meni bu hayratdan qutqarurmisiz?

Eng so'nggi ishonchim qaygadir tashib,
Iymon qochib ketsa tog'lardan oshib.
Uning ortidan zor ketsam ergashib,
Meni bu g'ayratdan qutqarurmisiz?

Hayot davomida yetmasa ko'zim,
Tig'dek botmasa gar aytilgan so'zim
Boshqara olmasam o'zimni o'zim
Meni bu hasratdan qutqarurmisiz?

...Bu kunga chidam yo'q, yo'q erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o'ngimda jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr.
Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?! ???

Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 610 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
0  
2 shirina   (08.12.2010 01:01) [Izoh]
happy happy happy happy happy

0  
1 shirina   (08.12.2010 01:01) [Izoh]
raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]