Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 19 » Muhammad Yusuf
01:07
Muhammad Yusuf
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,
Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!



Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 671 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
0  
5 afrotida   (30.12.2010 09:06) [Izoh]
manga MUHAMMAD YUSUF ijodi juda yoqadi.Ayniqsa lolaqizg'aldoq she'ri

0  
4 moon264   (19.12.2010 16:15) [Izoh]
smile happy

0  
3 shirina   (19.12.2010 06:16) [Izoh]
Shu sherni ashulasini eshitsam yiglab yuboraman sad

0  
2 GeNtLmeN   (19.12.2010 01:20) [Izoh]
Bu she'rni Yulduz Usmonova ashula qilib aytganmi ? smile

0  
1 Angeloza   (19.12.2010 01:09) [Izoh]
smile smile smile smile smile smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]