Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 3 » MOBIL TELEFONGA MUTE BO‘LMANG!
21:09
MOBIL TELEFONGA MUTE BO‘LMANG!

Mutaxassislar mobil telefonni bejiz tamakiga qiyoslamagan. Yaqin-yaqingacha inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadigan "zahri qotil”ni iste’mol qilish, ayniqsa, yoshlar orasida urf bo‘lgan bo‘lsa, asta-sekin uning safiga uyali aloqa vositasi ham qo‘shildi. Bu noyob kashfiyot xususida ko‘p yozildi. Masofa tanlamas simsiz aloqaning afzallik tomonlaridan tortib, yosh bolalar tarbiyasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirigacha bo‘lgan jihatlar ommaviy axborot vositalarining nigohidan chetda qolgani yo‘q. XXI asr shubhasiz, texnika asri. Inson aql-zakovatining mahsuli — mobil telefoni dunyo yuzini ko‘rdi. Garchand u bundan taxminan yigirma yil ilgari ixtiro qilingan bo‘lsa-da, ayni rivojlangan davri asosan yangi yuz yillikka to‘g‘ri keldi. Endilikda butun dunyoda kechayotgan mobillashtirish jarayonidan holi mamlakat qolmadi hisob. Ilgari uning asosiy vazifasi muloqat vositasi deya hisoblangan bo‘lsa, bora-bora yangi imkoniyatlarga eshik ochildi. Natijada uyali aloqaga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. So‘nggi paytlarda u go‘yoki biror shov-shuvli voqeani bir zumda hamma yoqqa tarqatuvchi moslamaga aylangandek. Ba’zan ayrim ota-onalar yoki yoshi ulug‘lardan eshitib qolamiz: "...shu telefon chiqdi-yu, balo bo‘ldi, bolalarning tarbiyasi buzildi. Ichiga har narsani yozib yurishadi”. To‘g‘ri, bu qurilma yosh bola ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uni dangasa qilib qo‘yishi aniq. Lekin bu bilan taraqqiyot mevasini "ayblash” to‘g‘rimikan? Aslida buning haqiqiy aybdori o‘zimiz emasmi? Aslida uning yaxshi va yomon jihatlarini aniqlashda insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan omillar mavjud. Birinchidan, bu yuqorida ta’kidlaganimizdek, uning vazifalari bilan belgilanadi. Shuni aytish kerakki, har bir davlatda uyali aloqaga bo‘lgan munosabat turlicha. Masalan, hozir AQShdagi telefonga bo‘lgan munosabatdan o‘rnak olish mumkin. Chunki bu yerda shu sohaga daxldor qonun ham qabul qilingan. Masalan, jamoat joylarida telefonda baland ovozda gapirish, musiqa eshitish qat’iyan man qilinadi. Bu yerda yoshlar "SMS” xizmatidan deyarli foydalanmaydi. Aholining aksariyat qismi uchun mobil telefoni internetdan foydalanish hamda kundalik yangiliklardan boxabar bo‘lish vazifasini o‘taydi. Endi mobil telefonning elektromagnit maydon ta’siri, ya’ni telefonda ko‘p gaplashish salomatlikka qanchalar jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi xususida. Buni malakali shifokorlar har doim ta’kidlab keladi. Uyali aloqaning eng katta xavfi bu — sizda unga nisbatan mutelikning paydo bo‘lishi. Bu bir necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Masalan, agar yoningizda telefon bo‘lmasa, ba’zan o‘zini yolg‘iz his qilish, xavotirlanish, ayrim hollarda esa vasvasaga tushib qolishi ham mumkin. YOki yaqin kishingiz qo‘l telefonini tashlab ketsa yoki unutsa, undan xavotirga tushishingizga bahona topiladi. Shuningdek "SMS”bozlik xususida. Odam tabiati shundayki, u agar telefon qilish imkoniyati bo‘lsa ham nuqul "SMS” — xabarga mukkasidan ketadi. YAna bir qaramlik — bu axborotga bo‘lgan ehtiyoj. YA’ni telefon sohibi doim kimdandir qo‘ng‘iroq bo‘lishini kutadi. Telefonini qo‘liga olib biror muhim axborotni o‘tkazib yubormadimmikan, deya hadeb ko‘z tashlayveradi. Bundan tashqari, telefon rusumi bilan bog‘liq "odat” ham mavjud. Bunday vaziyatda telefon egasi yangi rusumdagi apparatni xarid qilishga urinadi. Bu holat ayniqsa, bolalarda nihoyatda ko‘p uchraydi. Misol uchun Londonda 97 foiz bolaning o‘z shaxsiy telefoni bo‘lib, kuniga o‘rtacha besh soat mobaynida undan foydalanadi. Shu bois 2001 yildayoq Evropa parlamenti Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uchun voyaga yetmagan bolalarning mobil telefonidan foydalanishini taqiqlash to‘g‘risida qonun qabul qilgan. Hattoki telefonga bolalikdan qiziqish uyg‘onmasligi uchun bozorlarda qo‘g‘irchoq telefonlar bilan savdo qilish ham qat’iyan man qilindi. Uyali aloqa vositalari ishlab chiqaruvchilar taxminiga ko‘ra, kelasi yili jahonda abonentlar soni 2,5 milliardga yetadi. Bu ko‘rsatkich dunyo aholisining uchdan bir qismi deganidir. Natijada esa psixologlar ta’kidlaganidek, yangi kasallik — mobil telefoniga qaramlik avj olib boraveradi. Xulosa qilib aytsak, mobil telefoni inson tafakkuri mahsuli. Demak, uyali aloqa quliga aylanish yoki aylanmaslik har birimizning o‘zimizga bog‘liq.
Категория: HAR XIL | Просмотров: 1266 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
0  
3 moon264   (15.12.2010 02:41) [Izoh]
thnx 4 info! happy

0  
2 moon264   (15.12.2010 02:40) [Izoh]
hozir hammaek zararli bolib ketgan!!! smile smile

0  
1 babnik   (04.11.2010 00:51) [Izoh]
карочи ганжубась wink

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]