Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 8 » Mirza - 2006
13:57
Mirza - 2006
Bozor-o'char, savdo qildim, kimga? Bolam uchun,
Barin muhayyo-paydo qildim, kimga? Bolam uchun,
Dabdabali to'ylar qildim, kimga? Bolam uchun,
Hashamatli uylar qurdim, kimga? Bolam uchun.
Lekin, nima qildim meni tuqqan Onam uchun?
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun?

Kimga dasturxon yozdim - Bolam uchun...
Ba'zida semirdim, ozdim - Bolam uchun,
Aqldan ham ozayozdim - Bolam uchun,
Ehhh, kimga yalinmadim - Bolam uchun,
Lekin, hech narsa ilinmadim Onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun.

Aylandim, o'rgildim, ado bo'ldim - Bolam uchun,
Sog'liq degandan ham judo bo'ldim - Bolam uchun,
Bola shoh, men go'yo gado bo'ldim - Bolam uchun,
"Danagidan mag'zi shirin" ota-ona uchun,
Lekin nima qildim o'zim bola bo'lib Onam uchun?
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun?

o'zi emay, ichmay, menga ilingan ham Onam edi,
Yupun yursa ham, meni kiyintirgan Otam edi,
"omon bo'lsang bo'ldi, Bolam" derdi..
Ayting men ham odammanmi endi?
Nima qildim bir mushtipar Onam uchun?
Dunyodagi eng yaxshi odam - Otam uchun?

Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 664 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
0  
2 panera   (08.12.2010 22:33) [Izoh]
DUNEDA BIZ UCHUN OTA ONALARDAN MEHRIBONROK HECH KIM YUK ULAR BORKI BISHUNDAY YURIBMIZ

0  
1 Angeloza   (08.12.2010 15:16) [Izoh]
sad sad sad sad sad BIZ NIMA QILYAPMIZ OTA ONALARIMIZ UCHUN VAXT BORLIGIDA QADRIGA YETAYLIK. ALLOXIM DUNYODAGI JAMIKI OTA ONALARIMIZNI UMRINI UZOQ QIL AMIN

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]